An'anaviy va noan'anaviy energiya manbalari Rеjа: An’anaviy energiya manbalari. Noan’anaviy energiya manbalari
Download 22.06 Kb.
|
An\'anaviy va noan\'anaviy energiya manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atom elektr stansiyasi (AES)
Gidroelektr stansiya (GES) – suv oqimining energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi inshootlar va jihozlar kompleksidir. Gidro elektr stansiyasi, suv naporini hosil qiluvchi va suv oqimining zaruriy konsentratsiyasini ta’minlovchi ketma-ket zanjirli gidrotexnik inshootlardan hamda bosim ostida harakatlanuvchi suvning energiyasini aylanishning mexanik, so‘ngra elektr energiyasiga aylantiruvchi energetik jihozlardan iborat. GESning napori foydalanilayotgan uchastkada to‘g‘on yordamida daryo tushishining konsentratsiya orqali hosil bo‘ladi.
Yoqilg‘i-energetik resurslar bilan taqqoslaganda gidroenergetik resurslarning muhim xususiyati – bu ularning to‘xtovsiz qayta tiklanishidir. GES uchun yoqilg‘i ehtiyoji yo‘qligi GESda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining arzonligini belgilab beradi. Shu sababdan, katta sarmoyalar tikilishi va uzoq vaqt qurilishiga qaramasdan, GES qurilishiga katta ahamiyat berilgan va berilmoqda. Atom elektr stansiyasi (AES) – atom (yadroviy) energiyasi elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr stansiyasi. AESda energiya generatori bo‘lib atom reaktori xizmat qiladi. Generatorda ba’zi og‘ir elementlarning yadro bo‘linishining zanjirli reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik, odatiy issiqlik elektr stansiyalari (IES)dagidek elektr energiyasiga aylanadi. Organik yoqilg‘ida ishlovchi IESlaridan farqli o‘laroq, AES yadro yoqilg‘isida ishlaydi. Uran yoki plutoniyning 1 gramm izotopi bo‘linishi natijasida 22500 kVt·soat ajraladi, bu 2800 kg shartli yoqilg‘i energiyasiga ekvivalentdir. Dunyodagi yadro yoqilg‘isining energetik resurslari (uran, plutoniy va boshqalar) organik yoqilg‘ining tabiiy zahiralari (neft, ko‘mir, tabiiy gaz va boshqalar) energiya resurslaridan sezilari darajada ko‘pdir. Bu esa yoqilg‘iga bo‘lgan tez sur’atli ehtiyojlarni qoniqtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Elektr stansiyalarning zamonaviy turiga kiruvchi AESlar bir qator afzalliklarga ega: normal sharoitlarda ishlaganda atrof muhitni mutlaqo ifloslantirmaydi; xomashyo manbasiga bog‘liq emas va deyarli hamma joyda joylashtirilishi mumkin; yangi energiya bloklari o‘rtacha GESning quvvatiga deyarli teng quvvatga ega bo‘ladi, ammo AESda o‘rnatilgan quvvatdan foydalanish koeffitsienti (80%) IES va GESlardagi ushbu ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqoridir. 1 kg urandan 3000 tonna toshko‘mir yoqilishidan olinadigan issiqlik olish mumkinligi AESlarning tejamkorliligi va samaradorligini ko‘rsatadi. Download 22.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling