Anatomiya 2014. indd
TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skelet
TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI
Suyaklar va ularning birlashuvi Odam organizmining asosiy vazifalaridan biri uning hara- kat qilish qobiliyatidir. Harakat odam organizmining atrof-mu- hitga moslashishida ma’lum ahamiyatga ega. Odamning harakati tayanch-harakat apparati ishtirokida ro‘y beradi. Tayanch-hara- kat apparati suyaklar hamda ular o‘rtasidagi birlashmalar va mu- shaklardan iborat. Suyaklar va ularning birlashmalari suyaklar va ba’zi a’zolar uchun tayanch vazifasini bajarib, tayanch-harakat apparatini nofaol qismini tashkil qiladi. Uning faol qismi bo‘lgan 61 mushaklar qisqarib, suyak richaglarga ta’sir qiladi va ularni hara- katga keltiradi. Tayanch-harakat a’zolar tizimi organizmning ko‘p qism (gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 %)ini tashkil qiladi. Skelet (skeleton) grekcha «skeletos» – «quritilgan» degan so‘zdan olingan. U (15-, 16-rasm) 200 ortiq alohida suyakdan iborat, undan 95 tasi juft suyaklardir. Skeletning og‘irligi 5–6 kg bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 %ini, ayollar- da 8,5 %ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va bio- logik vazifalarni bajaradi. 1. Tayanch-harakat vazifasi suyaklar yumshoq to‘qima va mushak lar vositasida birikib skeletni hosil qiladi. Skelet suyakla- ri uzun va qisqa richaglar hosil qilib, mushaklar qisqarganida ha- rakatga keladi. 2. Himoya vazifasi skelet hayot uchun zarur a’zolar uchun bo‘sh liqlar hosil qilib ularni tashqi ta’sirotlardan saqlaydi. Ma- salan: umurt qa kanali ichida orqa miya, kalla bo‘shlig‘ida bosh miya, ko‘krak qafasida o‘pka va yurak va yirik qon tomirlar, cha- noq bo‘shlig‘ida siydik tanosil a’zolari joylashgan. 3. Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va bosh qa elementlar bor. Bundan tashqari suyaklarning epifizlarida joylash gan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini baja- radigan qon elementlarini ishlab chiqaradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling