Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
(periost) bilan qoplangan. Pe-
riost yup qa pishiq biriktiruvchi to‘qimadan iborat. U suyak ichiga 18-rasm. Suyaklar- ning turlari: 1–havo saq lovchi suyak; 2–uzun naysimon suyak; 3–yassi suyak; 4–g‘ovak suyak; 5–aralash suyak. 65 kiruvchi tolalar vositasida suyakka yopishib turadi. Periost ikki: tashqi tolali fibroz to‘qima qavati va qon tomir hamda nervlarga boy bo‘lgan suyak hosil qiluv chi ichki (kambial) qavatlardan ibo- rat. Uning kambial qavati suyakka tegib turadi va yosh suyak hu- jayralarini hosil qilib, suyakning o‘sishida ahamiyatga ega. G‘ovak suyaklar: a) uzun g‘ovak suyaklar (to‘sh suyagi va qo- vurg‘alar). Ular asosan g‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan. b) kalta g‘ovak suyaklar ko‘p qirrali shaklga ega (qo‘l kaftining kaft usti sohasi va oyoq panjasining kaft usti sohasi suyaklari). Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo‘shliqlari- ni hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog‘i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar: tashqi va ichki zich qavat o‘rtasida joy- lashgan mayda katakchali g‘ovak moddadan tashkil topgan. Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurt qaning tanasi tuzilishi jihatidan g‘ovak suyaklarga, ravog‘i va o‘siqchalari yassi suyaklarga kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplan- gan havo bilan to‘la bo‘shliq bo‘ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon, ust ki jag‘ va g‘alvirsimon suyaklari kiradi. Ulardagi bo‘shliqlar burun yon bo‘shliqlarini tashkil qiladi. Chaqaloqlar- da ular rivojlanmagan bo‘lib, kallaning o‘sishi bilan birga hosil bo‘ladi. Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ularning paylari, fas- siya, boy lamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo‘ladi. Ular apo fiz lar deb ataladi. Bularga do‘mboq, do‘mboqcha, qir- ra va o‘siqcha kiradi. Suyakning yuzalari o‘zaro chekkalar bi- lan chegaralanadi. Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar yuzaga keladi. Suyakning ichki yuzasida, uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling