Anatomiya 2014. indd
bo‘ladi. Suyaklarning rivojlanishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
bo‘ladi.
Suyaklarning rivojlanishi Odam embrionida suyak to‘qimasi boshqa to‘qimalarga nisba- tan kechroq, ona qornidagi hayotining 6–8 haftalarida mezenxi- madan paydo bo‘ladi. Hamma suyaklar taroqqiyot davrida bir xilda rivojlanmay- di, ularning ba’zilari (kallaning qopqoq va yuz qismi suyaklari, o‘mrov) biriktiruvchi to‘qimadan taroqqiy etadi yoki ikki bos- 66 qichni (parda, suyak) o‘tadi. Bular birlamchi suyaklar deb ata- ladi. Boshqa suyaklar uch bosqichni (parda, tog‘ay, suyak) o‘tib ikkilamchi suyaklar deyiladi. Suyaklanish jarayoni quyidagi to‘rt turga bo‘linadi: 1. Endesmal suyaklanishda birlamchi suyaklar vujudga keladi. Bunda bo‘lajak suyakni biriktiruvchi to‘qimasining ma’lum nuq- tasida os teoblastlar zo‘r berib ko‘payadi va suyaklanish nuqtasini hosil qiladi. Bu nuqta har tomonga qarab nur shaklida qator-qa- tor bo‘lib tarqaydi. Biriktiruv chi to‘qimani yuza qavati periostga aylanadi va yosh suyakni ustini qoplaydi. Periost hisobiga suyak qalinlashadi. 2. Perixondral suyaklanish homila hayotining 8-haftasida me zenximadan hosil bo‘ladigan suyakning tog‘ay shakli paydo bo‘ladi. Tog‘ayni tashqi tomondan qoplagan tog‘ay usti parda- sining ichki qavati yosh suyak hujayralari (osteoblastlarni) ho- sil qiladi va gialin tog‘ayga aylanadi. Bu osteoblastlar ko‘payib, suyak qatlamini hosil qiladi va asta-sekin tog‘ay to‘qimaning o‘rnini egallab, suyakning zich (kompakt) moddasiga aylanadi. 3. Tog‘ay suyaklanib bo‘lgandan keyin tog‘ay usti pardasi suyak usti pardaga aylanadi. Keyingi davrlarda suyaklarni eniga o‘sishi (yo‘g‘onlashishi) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo‘ladi va suyaklanishning bu turi periostal suyaklanish deb ataladi. 4. Endoxondral suyaklanish tog‘aylar ichida tog‘ay usti parda- si ishtirokida vujudga keladi. Tog‘ay usti pardasidan tog‘ay ichi- ga qon tomirlar o‘sib kiradi va tog‘ay yemirila boshlaydi. Qon to- mirlar bilan birga kirgan biriktiruvchi to‘qimadan osteoblastlar hosil bo‘ladi. Bu osteoblastlardan paydo bo‘lgan suyak nuqtasi tashqariga qarab o‘sib suyakni g‘ovak moddasini hosil qiladi. Bu xildagi suyaklanishda tog‘aylar to‘g‘ridan to‘g‘ri suyak moddasiga aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog‘ay o‘rnida vu judga keladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling