Anatomiya 2014. indd
Suyaklarning o‘zaro birlashuvi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Suyaklarning o‘zaro birlashuvi
Birlashmalar skelet suyaklarini bir butun qilib birlashtirib, ular- ning ma’lum bir harakatini ta’minlaydi. Suyaklarning birlashmala- ri har xil tuzilishga ega, ularda harakatchanlik, qattiqlik va pishiq- lik kabi fizik xususiyatlar bor. Suyaklar birlashuvining uch turi tafovut qilinadi: 1. Uzluksiz (harakatsiz) birlashmalarda suyaklar orasida 67 biriktiruv chi to‘qima qatlami, tog‘ay yoki suyak bo‘ladi. Ularda birlashayotgan suyaklar o‘rtasida bo‘shliq bo‘lmaydi. 2. Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlarda (sinovial birlash malar) suyaklar orasida bo‘shliq bo‘ladi. Suyaklar o‘zaro yopiq bo‘ g‘im xaltasi, ularni mustahkamlovchi boylamlar va mu- shaklar yor damida mus tahkamlanadi. 3. Simfiz yoki yarim bo‘g‘imda suyaklar orasidagi tog‘ay yoki biriktiruvchi to‘qima o‘rtasida bo‘shliq bo‘ladi (19- d rasm). Uzluksiz birlashmalar juda pishiq, qattiq tuzilishga ega bo‘lib, harakati chegaralangan. Birlashmaning bu turida suyaklar orasi- da bi rikti ruvchi to‘qima yoki tog‘aylar bo‘ladi. Suyaklarni birik- tirib turgan to‘qima turiga qarab uzluksiz birlashmalar uch turga bo‘linadi. I. Fibroz tolali to‘qima vositasida birlashish . Bunda suyaklar o‘zaro pishiq tolali biriktiruvchi to‘qima vositasida birikadi. Bu xildagi birlashmalar 3 turda uchraydi: 1. Sindesmozda suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qimalar yor- damida birlashadi, unda kollagen tolalar suyak usti pardasi bilan birikib ketadi (19- a rasm). Sindesmozga boylamlar va suyaklar- aro parda kiradi. Boylamlar pishiq tolali biriktiruvchi to‘qimani tutam-tutam bo‘lib joylashishidan yuzaga keladi. Umurtqalar ra- vog‘i o‘rtasidagi sariq boylamlar elastik biriktiruvchi to‘qima dan tuzilgan. Umurt qa pog‘onasi oldinga egilganida ular cho‘ziladi va elastikligi tufayli qisqarib umurtqa pog‘onasining to‘g‘rilanishi- ga yordam beradi. Suyak lararo parda uzun naysimon suyaklar ta- nasi o‘rtasida tortilgan serbar biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan parda; bilak va boldir suyaklari orasida bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling