Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   422
Bog'liq
True

20-rasm. Bo‘g‘imning
tuzilishi chizmasi:
1–sinovial parda;
2–bo‘g‘im yorig‘i; 
3–bo‘g‘im bo‘shlig‘i; 
4–suyak; 5–bo‘g‘im 
tog‘ayi; 6–suyak usti
pardasi.


70
Bo‘g‘imlarning tasniflanishi
Bo‘g‘imlarning harakati bo‘g‘im yuzalarining tuzilishi-
ga (shakli, o‘l chami, bukilganligi) qarab turli xil o‘qlar atrofida 
bo‘ladi. Orga nizmda bo‘g‘imlarning harakati frontal, sagittal va 
bo‘ylama o‘q atrofida bajariladi. 1. Frontal (ko‘ndalang) o‘q atro-
fida faqat bukish va yozish
 mumkin. 2. Sagittal (oldindan orqa-
ga ketgan) o‘q atrofida tanaga yaqinlashtirish
 yoki uzoqlashtirish 
harakati bajariladi. 3. Suyak o‘zining bo‘ylama o‘qi atrofida ich-
kariga va tashqariga buriladi.
 4. Doira hosil qilib aylanish, bun-
da suyakning erkin uchi birin-ketin barcha o‘qlar atrofida hara-
kat qiladi. Bo‘g‘imlarda harakat haj mi suyaklar bo‘g‘im yuzala-
rining shakliga, bo‘g‘im xaltasining keng yoki torligiga, bo‘g‘im 
atrofidagi boylamlar, paylar va mushaklarning soni va faoliyati-
ga bog‘liq.
Bo‘g‘imlar bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak yuza-
lari soniga qarab: oddiy bo‘g‘im
faqat ikkita suyak yuzasidan 
hosil bo‘lgan va murakkab bo‘g‘im
 uch va undan ortiq bo‘g‘im 
yuza sidan tashkil topgan bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Bundan tashqa-
ri kompleks bo‘g‘imlar
va hamkor bo‘g‘imlar tafovut qilinadi. 
Kompleks bo‘g‘imda bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida tog‘ay plastinkasi 
bo‘ladi. Hamkor bo‘g‘imda tuzilishi bir xil bo‘lgan ikki alohida 
bo‘g‘im bir vaqtda bir xil faoliyatni bajaradi (o‘ng va chap chak-
ka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari).
Bo‘g‘imlar harakat o‘qining soniga qarab bir o‘qli; ikki o‘qli 
va ko‘p o‘qli bo‘g‘imlarga bo‘linadi.
Bir o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etayotgan suyaklar uchining 
bir-biriga mos kelishiga qarab uch turga bo‘linadi:
1. Silindrik bo‘g‘imda suyaklardan birining uchi silindr shakli-
da bo‘lsa, ikkinchisida shunga mos kemtik bo‘ladi (proksimal va 
distal bilak-tirsak bo‘g‘imi). Bunday bo‘g‘imning o‘qi suyakning 
uzunasi bo‘ylab o‘tgani uchun shu o‘q atrofida ichkariga
yoki 
tash qariga
 buraladi (21- f rasm).
2. G‘altaksimon bo‘g‘imda bo‘g‘im hosil qiluvchi suyaklar-
dan birining uchi g‘altak shaklida, ikkinchisining uchi esa shun-
ga mos kemtik (barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘im) bo‘la-
di (21- d rasm). Bunday bo‘g‘imda frontal sathda joylashgan 
ko‘ndalang o‘q atrofida bukish

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling