Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-rasm. Оdam taroqqiyotining dastlabki davrlarida pusht va pusht pardalarini hosil bo‘lishi.
Homilaning taroqqiyoti
Urug‘lanish, odatda, bachadon nayida ro‘y beradi. Zigota ik- kala jinsiy hujayralarni xususiyatlarini o‘zida mujasamlantira di. Shu davr dan boshlab yangi qiz organizmining rivojlanishi bosh- lanadi (14-rasm). Pusht taroqqiyotining birinchi haftasi – zigotaning qiz hujay- ralarida maydalanish (maydalinish to‘liq, ammo bir tekis emas) dav ri. Maydalanish bilan birga pusht bachadon nayida bachadon- ga qarab suriladi. Bu 3–4 kun davom etadi. Bu davrda pusht hu- jayralar to‘plami – blastulaga aylanadi. Yirik qoramtir va mayda oqish hujayralar – blastomerlar hosil bo‘ladi. Dastlab malina me- vasi shaklini eslatuv chi blastomerlar to‘dasi – morulla, keyin esa sharsimon bir qavatli pusht – blastula hosil bo‘ladi. Hujayralar qavatidan iborat blastula devori blastoderma, bo‘shlig‘i esa blas- 30 totsel deb ataladi. Maydalanish natijasida yuza joylashgan blasto- merlarda pushtni oziq lanishida ishtirok etuvchi parda – trofoblast paydo bo‘ladi. 14-rasm. Оdam taroqqiyotining dastlabki davrlarida pusht va pusht pardalarini hosil bo‘lishi. А–2–3 hafta. B–4 hafta: 1–amnion bo‘shlig‘i; 2–pusht tanasi; 3–sariqlik qopchasi; 4–trofoblast. D–6-hafta. E–4–5 oylik homila; 1–homilani tana- si; 2–amnion; 3–sariqlik qopchasi; 4–xorion; 5–kindik tizimchasi. Markaziy blastomerlar embrioblastni (push tugunchasi) ho- sil qiladi. Undan pusht tanasi rivojlanadi. Yuza qavat trofoblast bilan pusht tugunchasi o‘rtasida oz miqdorda suyuqlik to‘pla- nadi. Taraq qiyotning birinchi haftasini oxirida (homiladorlik- ning 6–7 kunlari) pusht bachadonning shilliq pardasiga botib kirib, unung implanta tsiyasi ro‘y beradi. Pusht taroqqiyotining ikkinchi haftasi pusht tugunchasi hujay- rala ri ni ikki qavatga bo‘linib, ulardan ikkita pufakcha hosil bo‘lish bosqichi. Trofoblastga yaqin turgan tashqi qavat hujayralaridan amnion suyuq ligi bilan to‘lgan ektoblast (amnion) pufakchasi hosil bo‘la- di. Pusht tugunchasining ichki qavati hujayralaridan entoblast (sariq lik) pufagi shakllanadi. Bu davrda pusht ikki qavatli qalqon- 31 ni eslatuvchi ikki varaqdan: pushtning tashqi varag‘i (ektoderma) va pushtning ichki varag‘i (entoderma)dan iborat bo‘ladi. Ikkinchi hafta oxirida pushtning uzunligi 1,5 mm. Bu davrda pusht qalqoni o‘zining orqa (kaudal) qismida yo‘g‘onlashib, o‘q a’zo lari rivoj lana boshlaydi. Pusht taroqqiyotining uchinchi haftasi uch qavatli qalqoncha hosil bo‘lish davri hisoblanadi. Keyingi davrda a’zolar va to‘qimalarning kurtaklarini ajra- lishi va ularning shakllanishi ro‘y beradi. Bu jarayonlar bilan birgalikda integratsiya – qismlarning bir tekis rivojlanayotgan yaxlit tizim bo‘lib qo‘shilishi kuchayadi. Pusht tanasini provizor a’zolardan ajralishi tana burmasi hosil bo‘lishi orqali ro‘y bera- di. Burma dastlab pusht ning bosh tomonida, kiyin unung dum qismida paydo bo‘ladi va qolgan qismlariga tarqaladi. Natijada pusht pusht dan tashqari qismlardan ajraladi va ular bilan keyin- chalik kindik tizimchasiga aylanib ketuv chi ingichka band bi- lan bog‘lanadi. Bu bilan birga mezoderma takomillashadi va ta- na segmentlari – somitlar hosil bo‘ladi. Segmentlarga pushtning orqa tomonida joylashgan mezoderma bo‘linadi. Mezoderma- ning ventral qismi segmentlarga ajralmaydi va har tomonda ik- kita qatlam shaklida bo‘ladi. Medial qatlam birlamchi ichak en- todermasiga yondashib turadi va splanxnoplevra deb ataladi. La- teral qatlam pushtning tanasi devori ektodermasiga yondasha- di va somatoplevra deb ataladi. Splanxno – va somatoplevralar- dan seroz pardalarni qop lagan epiteliy qoplama (mezoteliy) va pusht varaqlari orasini to‘ldirib turuvchi mezenxima rivojlanadi. Mezenximadan seroz pardaning xususiy plastinkasi va seroz os- ti asos rivojlanadi. Splanxnoplev raning mezenximasidan hazm nayini epiteliyi dan tashqari barcha pardalari hosil bo‘ladi. Epi- teliy birlamchi ichak entodermasidan hosil bo‘ladi. Entoderma- dan oshqozon, ichak bezlari, jigar va o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezining bez to‘qimasi, nafas a’zolari epiteliy qoplamasi va bez- lari paydo bo‘ladi. Mezodermaning segmentlarga bo‘linmagan qismi plastinkala- ri oralig‘i homila tana bo‘shlig‘iga aylanadi. Bu bo‘shliq odam organiz mida plevra, perikard va qorinparda bo‘shliqlariga bo‘lina- di. Mezoderma somitlar va splanxnoplevra o‘rtasidagi chegarada nefrotomlar hosil qiladi, ulardan birlamchi buyrak naychalari ri- vojlanadi. Mezodermaning dorsal qismi – somitlari uchta kur- 32 tak hosil qiladi. Somit ning ventromedial qismi – sklerotomdan o‘q skeletning suyak va tog‘ylari rivojlanadi. Undan lateral yotgan mio tomdan ko‘ndalang targ‘il mushaklar rivojlanadi. Somitning dorsolateral qismida joylash gan qismi dermatomdan terining bi- riktiruvchi to‘qimali asosi derma hosil bo‘ladi. 4-haftada ektodermadan quloq va ko‘z kurtaklari hosil bo‘la- di. Bu davrda old tomonda peshona va ustki jag‘ o‘simtalari bilan chegaralangan og‘iz ko‘rfazi atrofida to‘plangan boshning visseral qismlari qayta shakllanadi. Ulardan pastroqda pastki jag‘ va gioid ravoq lar belgilari ko‘rinadi. Pusht hayotining 5 dan 8 haftasigacha bo‘lgan davri – bu a’zo lar (organogenez) va to‘qimalar (gistogenez) rivojlanishi dav- ri. Bu vaqt yurak, o‘pkaning erta taroqqiyoti, uchak nayi tuzilishi- ning murakkab lashuvi, visseral va jabra ravoqlarini, sezgi a’zola- ri kapsulasi hosil bo‘lishi davri; nerv nayi butunlay birikib bosh uchi kengayadi. 31–32-kunlarda qo‘lning, 40-kunda esa oyoqning suzg‘ichsimon kurtaklari paydo bo‘ladi. 6-haftada tashqi quloq, 6-haftaning oxiri 7-haftalarda qo‘l bar moq lari, so‘ng oyoq barmoqlari kurtagi seziladi. 7-haftaning oxirlarida qovoqlar va ko‘z hosil bo‘la boshlaydi. 8-haftada a’zo- lar kurtaklarini hosil bo‘lishi tugaydi. 9-haftadan, ya’ni 3-oy boshidan pusht odam ko‘rinishini oladi va homila deb ataladi. 3-oydan boshlab va butun homila davrida hosil bo‘lgan a’zolar va tana qismlarini o‘sishi va takomillashuvi amalga oshadi. Bu davrda tashqi jinsiy a’zolarning takomillashuvi boshlanadi. Barmoqlarda tirnoqlar, 5-oy oxirida esa qosh va ki- priklar bilina boshlaydi. 7-oyga kelib qovoqlar ochiladi. Shu davr- dan boshlab teri ostida yog‘ to‘plana bosh laydi. 10-oy oxirida ho- mila tug‘iladi. Yo‘ldosh homilani oziqlantirish vazifasini bajaradi. Yo‘ldosh orqali oziqa moddalar so‘rilishi va qayta ishlanishi, ona qonidan kislorodni o‘tishi va ona qoniga homila modda almashinuvida ho- sil bo‘lgan moddalar ajratiladi. Yo‘ldosh himoya vazifasini baja- rib homilaga har xil zararli moddalarni va mikroblarni o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. U ichki sekretsiya a’zosi sifatida qonga chiquv- chi ba’zi bir gormonlarni ishlab chiqaradi va homila oziqlanishi uchun kerak oziqa moddalarni o‘zida to‘playdi. Kindik tizimchasi amnion oyoqchasi sariqlik poyasining me- zenximasidan hosil bo‘ladi. Uning hosil bo‘lishida amnion par- 33 dalari bilan o‘ralgan sariqlik qopchasi va allantois qon tomirla- ri bilan ishtirok etadi. Shakllangan kindik tizimchasi biriktiruv- chi to‘qimali tuzilma bo‘lib, unda ikkita kindik arteriyasi va vena o‘tadi. Uni hosil qilgan dirildoq to‘qima kindik qon tomirlarini shikastlanishdan va siqilib qolishdan saqlaydi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling