Anatomiya 2014. indd


O‘smalarning o‘sishi va rivojlanishi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   422
Bog'liq
True

O‘smalarning o‘sishi va rivojlanishi
O‘smalar o‘smali kurtakdan o‘sadi va o‘sma hujayralari-
ning ko‘ pa yishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bir xil o‘smalar marka-
ziy, ekspansiv, bosh qalari – infiltrativ o‘sadi. Ekspansiv o‘sish 
o‘smaning tugun ko‘rinishi da o‘sishi, hamma vaqt kattalashib 
borishi va qo‘shni to‘qimalarni chetga surib qo‘yishi bilan xa-
rakterlanadi.
O‘sma hujayralari qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kirmaydi, balki 
ularni faqat chetga surib, ezib qo‘yadi. Bunday o‘sish ko‘pchi-
lik yoyilgan o‘smalarga mansub bo‘lib, o‘smaning xavfsizligini 
ta’minlaydi. Ko‘pincha, chetga surilgan to‘qimaning atrofiya-
si, ba’zan esa reaktiv yallig‘lanishi tufayli o‘sma atrafida fibroz 
kapsula hosil bo‘ladi. Bunday o‘smani chegaralari aniq bilinib 


49
turgani uchun jarrohlik arala shuvi bilan oson olib tashlash mu-
mkin bo‘ladi.
Infiltrativ o‘sish o‘sma hujayralari tortmalarining qo‘shni 
to‘qimalarga o‘sib kirishi bilan xarakterlanadi. Bunday o‘sma hu-
jayralari to‘qima oraliqlari limfa tomirlari va kapillyar qon tomir-
lariga o‘sib kiradi. O‘sma qo‘shni to‘qimalarga tortmalari
bilan 
tarqalib ezib va chetlatibgina qolmay balki yemiradi ham. Bun-
day o‘sish yetilmagan o‘smalarga mansub bo‘lib, ularni xavfsiz-
ligini xarakterlaydi. Bunday o‘smalar tevarak-atrofdagi to‘qima-
lar bilan chambarchas bog‘langanligi uchun chegarasini aniq bel-
gilab bo‘lmaydi. Operatsiya qilib kesib tashlaganda, o‘sma butun-
lay olib tashlanadi deb ishonch hosil qilib bo‘lmaydi. Ko‘pincha, 
operatsiyadan keyin bir qancha vaqt o‘tgach o‘sma tuguni kesib 
olib tash langan joyda o‘sma hujayralari qolganligi tufayli yangi 
o‘sma vujudga keladi.
O‘sma o‘sishining tezligi turlicha va o‘smaning xarakteriga 
bog‘liq. Yetilgan, xavfsiz o‘smalar, odatda, sekin o‘sadi. Ularning 
o‘si shini yillab kuzatish mumkin, xavfsiz o‘smalarning ba’zi tur-
lari juda katta bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘i va bachadonda birnecha 
kilogrammga yetgan xavfsiz o‘smalar ma’lum.
Xavfli o‘smalar, odatda, xavfsiz o‘smalarga qaraganda tez 
o‘sa di. Xavfli o‘smalarning yana bir xususiyati ko‘chamalar, me-
tastazlar berishidirki, bu – o‘smalar ikkilamchi, qiz tugunlari-
ni hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘sma to‘qimalarni infiltrlab, qon 
limfa tomirlariga o‘sib kirishi mumkin. Uning ayrim hujayra-
lari yoki hujayralar guruhi shu yo‘llar orqali turli a’zolarga ki-
rib keladi. Limfogen metastazlar, birinchi navbatda, o‘sma bilan 
shikastlangan a’zoga nisbatan regionar limfa tugunlarida paydo 
bo‘ladi. Gemotogen metastazlar asosiy tugundan ancha yiroqda 
va ko‘p sonli bo‘lishi mumkin. Metastazlanish o‘smaning a’zo-
lar yuzasi bo‘ylab, masalan, qorin pardasi, plevra, miya pardalari 
orqali va nervlar hamda perinevriy pardasi bo‘ylab ham ro‘y be-
rishi mumkin.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling