Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Ayrim a’zolar raki. Bachadon raki xavfli o‘smalarning eng
ko‘p uch raydigan shakllaridan biridir. Ko‘pincha, rakdan oldin bachadon bo‘yni eroziyasi, bachadon bo‘yni, bo‘yin kanali yoki bachadon tanasining poliplari, bachadon shilliq pardasining bez- li giperplaziyasi kabi jarayonlar yuz beradi. Bachadon bo‘yni ra- ki va bachadon tanasining rakiga qaraganda ancha ko‘p uchray- di. O‘sma rivojlana bosh laganda, chekkasi qattiq qontalash yara ko‘rinadi xolos va uni xronik eroziyadan farq qilish ancha qiyin bo‘ladi. Bachadon rakining tashxisida biopsiyada olingan materialni gistologik tekshirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bachadon tana- sining raki ko‘rinishi bo‘yicha yo polip, yoki parchalangan oqi- mtir massaga o‘xshaydi. Bachadon rakining metastazlari qov va chanoq limfa tugunlarida kuzatiladi. Sut bezi raki rakning ayollarda eng ko‘p uchraydigan shakilla- ridan biri. Erkaklarda juda kam uchraydi. Odatda, sut bezi raki- dan oldin rak oldi jarayonlari: jinsiy bezlar funksiyasining hamda ovarial – hayz siklining buzilishlaridan kelib chiqadigan fibroade- nomalar yoki fibros-kistos mastopatiyalar kuzatiladi. Sut bezining rak o‘smasi ba’zan u yoki bu darajada chegara- langan ba’zida esa aniq ifodalanmagan va sut bezining to‘qimasi- ga kirib boradigan tugunlar hamda tortmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ba’zan rak sut bezi to‘qimasining ichkarisida rivojlanadi. Rakning boshqa shakllari yara hosil qilib so‘rg‘ich sohasidan boshlanadi. Sut bezi rakining gistolik manzarasi turlicha bo‘lishi mumkin: ba- savlat rak, skirr, kamroq esa adenokarstinoma va yassi hujayra- li rak uchraydi. Metastazlar, birinchi navbat da, qo‘ltiq osti limfa tugunlarida rivojlanadi. Retsidivlar va metastazlar ba’zan o‘smani operatsiya qilib olib tash langandan so‘ng ancha muddat o‘tgach yuzaga kelishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling