Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Nekrozning oqibati. Nekrotik detrit mahsulotlari tirik to‘qi-
malarga zararli bo‘lgani uchun o‘lik to‘qima qo‘shni to‘qimalarga qo‘zg‘a tuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida o‘lgan to‘qima- larning atrofida reaktiv jarayonlar va birinchi navbatda, yallig‘la- nish rivojlanadi. Tirik to‘qimani o‘lik to‘qimadan ajratib turadi- gan yallig‘lanish sohasini demarkatsion chiziq deyiladi. U to‘la- qonli qizil jiyak ko‘rinishida bo‘lib, o‘lgan to‘qimadan, tomirlar- dan chiqqan leykositlar to‘plangan sariq rang li ingichqa jiyak bi- lan chegaralangan. Leykositlar nekrozning pereferik qism larini eritadi natijada bunday qism tirik to‘qimalardan butunlay ajrala- di. Bu jarayon sekvestratsiya o‘lgan ayrim qism esa sekvestr deb ataladi. Mikroblar tushmaydigan va shu tufayli gangrena yuzaga kel- maydigan ichki a’zolarda, masalan, bosh miyada, nam nekrozda o‘lgan to‘qimalar autolizga uchraydi va so‘rilib ketadi. Biriktiruv- chi to‘qima kapsulasi bilan o‘ralgan bo‘shliq hosil bo‘ladi. Bun- day hollarda nekroz o‘chog‘i joyida kistaning rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi. Ko‘pincha, o‘lgan to‘qimalarga granulatsion to‘qi- ma o‘sib kiradi va nekroz o‘rnida asta-sekin chandiq to‘qima ho- sil bo‘ladi. Ba’zan o‘lgan to‘qimalarda ularga singib ketuvchi va asta-sekin ularni tosh bo‘lib qolgan, ohaklangan qismlarga aylan- tiruvchi ohak to‘planadi. 55 Nekrozning organizm uchun ahamiyati faqat nekroz yuz bergan a’zo funksiyasining buzilishida emas. O‘lgan to‘qima- ning parchalanish mahsulotlarning so‘rilishi butun organizm- ning zaharlanishiga sabab bo‘lib u, ko‘pincha, og‘ir umumiy hodisalar, moddalar almashinuvining chuqur buzilishlari va uzoq davom etadigan isitma holatlari bilan o‘tadi. Atrofiya To‘qimalar oziqlanishining buzilishlaridan biri atrofiya – to‘qima va a’zolar hajmining kichrayishi hamda ular hujayralari- ning sifatini o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. A’zoning tug‘ma ri- vojlanmagan bo‘lishini – gipoplaziya tug‘ma bo‘lmasligini esa – ageneziya yoki ap laziya deb ataydilar. Atrofiya – ko‘pincha, kasallikda rivojlanuvchi hayotiy jarayon- dir. Fiziologik atrofiyada, masalan, ayrisimon bez yoshga qarab atrofiyaga uchrab yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi. Laktatsiya tu- gagach, sut bezlari ham atrofiyaga uchraydi. Fiziologik atrofiyasi- ni embrional davrdagi rivojlanishda ham kuzatish mumkin. Qarilikda involyutsion jarayonlar ko‘pchilik a’zolarda rivojla- nadi. Bu jarayonlarning boshlanishi birday bo‘lmay, surati ham har xildir. Ular organizm hayot faoliyatining pasayishi tufayli yuz beradi. Qarilik atrofiyasiga bezlar hajmining keskin kamayishi, teri elastikligini pasayishi, ichki a’zolar hajmining kichiklashishi, miya pushtasi qalinligining kamayishi bilan birga kechuvchi bosh miya atrofiyasi misol bo‘la oladi. Patologik atrofiya – fiziologik atrofiyadan asosan kelib chiqish sabablari bilan farq qiladi. Yetarli darajada ovqatlanmaslik tufayli yuz beradigan atro- fiya – umumiy va mahalliy bo‘lishi mumkin. Umumiy atrofiya yoki kaxeksiya mun tazam ochlikda yoki modda almashinuvining kuchli buzi lishlari natija si da rivojlanadi. Kaxeksiya holdan toydi- radigan og‘ir kasalliklarda: sil, xavf li o‘smalar, surunkali intoksi- katsiyalarda kuza tilib, umuman ozib cho‘p – ustuxon bo‘lish va ichki a’zolarning atrofiyasi bilan davom etadi. Mahalliy atrofiya arteriya ichi torayganda yetarli oziqlanmas- lik tufayli rivojlanadi. Miya arteriyalarining aterosklerozi bosh miyaning atrofiyasiga, buyrak tomirlariniki esa – buyrak to‘qima- sining atrofiyasiga va bujmayishiga olib keladi. 56 Nevrotik atrofiya yoki faoliyatsizlik natijasidagi atrofiya a’zo- lar faoliyatini pasayishi tufayli rivojlanadi va mahalliy xarakterga ega bo‘ladi. Harakatsiz a’zoga qon kelishi kamayadi, modda al- mashinuvi pasayadi, bu esa atrofiyaga olib keladi. Bunday atro- fiya oyoq – qo‘l suyaklari singanda yoki bo‘g‘imlari shikastlan- ganda uzoq vaqt immobilizatsiya holatida bo‘lganida vujudga ke- ladi. Ba’zan parenximaning atrofiyasi bilan bir qatorda birikti- ruvchi to‘qima elementlari o‘sib ketadi va biriktiruvchi to‘qima atrofiyalangan parenximaning o‘rnini qoplaydi. Bunday hollarda a’zo hatto kattalashishi ham mumkin. Bunday jarayon soxta gi- pertrofiya nomi bilan yuritiladi. Atrofiya – qaytishi mumkin bo‘lgan jarayon. Atrofiya sababini bartaraf qilinganda a’zo qayta tiklanadi. Masalan, singan joy bit- gach, qo‘l-oyoqning funksiyasi tiklanishidan oldin atrofiyalangan mushaklar tiklanadi. Ammo og‘ir hollarda a’zoning to‘la tikla- nishi yuz bermaydi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling