Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   422
Bog'liq
True

Regenratsiya
Evolyutsiya jarayonida barcha tur hayvonlarda shikastlanish-
dan so‘ng to‘qimalar butunligining tiklanishi ya’ni regenera-
tsiya bilan ifodalanuv chi himoya – moslashish reaksiyalari ish-
lab chiqilgan.
Yo‘qotilgan, shikastlangan a’zolarning tiklanish qobiliyati fi-
ziologik moslashishi jarayonidir. U qator hayvonlarda shuncha-
lik takomillashgan shaklda ifodalanganki, ularda yo‘qotilgan a’zo 
to‘la-to‘kis tiklanishi mumkin. Regeneratsiyaning ikki – fiziolo-
gik va tiklanuvchi turi tafovut qilinadi.
Fiziologik regeneratsiya odamda hamma vaqt kundalik mo‘ta-
dil hayotida sodir bo‘lib turadi, halok bo‘layotgan hujayralar uz-
luksiz ravishda yangilari bilan almashinib turadi. Terining qop-
lovchi epiteliyida hamma vaqt qurigan hujayralar ajralib turadi. 
Epiteliyning chuqur qavatlarida esa hujayralar doimo ko‘payib tu-
radi. Ulardan yuza tomon o‘z shaklini to qurushqoq plastinkaga 
aylantirguncha epiteliy o‘sib boradi.
Tiklanuvchi regeneratsiya to‘qimalarning patologik holati tu-
fayli yuz beradi. Unda shikastlangan to‘qimalar yaqinida joylash-
gan hujayralar to‘qimalar hosil bo‘ladigan manba hisoblanadi. 
Hujayralarning ko‘payishi, yosh, yetilmagan hujayralarning ho-
sil bo‘lishi, keyinchalik ro‘y beradi. Nuqsonga yaqin to‘qimalar-
da, odatda, kompensator gipertrofik jarayon rivojlanadi. Bu shi-
kastlangan a’zo funksiyasining tiklanishga olib keladigan regene-
ratsion gipertrofiyadir.
Ko‘pchilik a’zolarda to‘qimalar o‘sadigan manba hisoblanuv-
chi regeratsiya markazlari bo‘ladi. Suyak to‘qimasi uchun bunday 
markaz bo‘lib suyak usti pardasi, qon uchun – ko‘mik, epiteliy 
to‘qimasi uchun ularning bazal qatlami xizmat qiladi.
To‘liq va chala regeneratsiya tafovut qilinadi. To‘liq regene-
ratsiya deb to‘qimalarning tiklanishiga aytiladi. Bunda nuqson 
o‘rnini egallagan to‘qima ham tuzilishi, ham funksiyasi bo‘yicha 


60
yo‘qotilgan to‘qimaga muvofiq keladi. Chala regeneratsiya deb 
biriktiruvchi to‘qima o‘sishi hisobiga nuqsonning chandiq to‘qi-
maga aylanishiga, ya’ni nuqson o‘rnida chandiq hosil bo‘lishi-
ga aytiladi. To‘qimalarning yirik nuqsonlarida bunday chala re-
generatsiya to‘liq regeneratsiyaga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. 
Ko‘pchilik yaralar ana shunday bo‘ladi. Chala regeneratsiyada 
hosil bo‘ladigan yosh biriktiruvchi to‘qima granulyatsion to‘qima 
deb ataladi. Bu nom shunga bog‘liqki, granulyatsion to‘qima yu-
zaga bo‘rtib turuvchi mayda qon tomirlarining juda ko‘p to‘rlari 
mavjudligi tufayli mayda donachali sathga egadir. Granulyatsion 
to‘qima ko‘pgina yosh biriktiruvchi to‘qima hujayralarining mas-
sasidan iborat bo‘ladi. Granulyatsion to‘qima asta-sekin yetilib 
boradi. Unda ochroq bo‘yaluvchi birmuncha cho‘zinchoq shakl-
ga ega va epitelial hujayralarga o‘xshash hujayralar paydo bo‘ladi. 
Bunday hujayralar epiteliod hujayralar deb ataladi. Keyinchalik 
ular yanada cho‘ziq shaklga kirib fibroblastlarga aylanadi.
Tiklanayotgan to‘qima innavatsiyasini ta’minlash muhim 
shart – sharoit hisoblanadi. Mahalliy ham markaziy innovatsiya-
ning buzilishi regeneratsiyaga keskin ravishda to‘sqinlik qilishi 
mumkin. Regeneratsiya jarayonining mo‘tadil kechishi uchun or-
ganizmdagi endokrin bezlarining mo‘tadil fiziologik funksiyasi 
lozimdir. Ba’zan regeneratsiya natijasida to‘qimalar ortiqcha ri-
vojlanadi. Granulyatsion to‘qimaning ortiqcha hosil bo‘lishi yov-
voyi go‘sht deb ataladi. Suyak siniqlari bitayotganda yosh to‘qi-
maning o‘sib ketishi suyakning keskin yo‘g‘onlashishiga olib ke-
lishi mumkin.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling