Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   422
Bog'liq
True

Gipertrofiya
Gipertrofiya deb a’zo yoki uning qismi hajmining katta-
lashishiga ay tiladi. Odatda, gipertrofiyalangan a’zoning funksiyasi 
ham kuchayadi. Gipertrofiya, ko‘pincha, ammo hamma vaqt ham 
emas, kompensator mos lashish sifatida rivojlanadi. Gipertrofiya 
chin va soxta bo‘ladi. 
Chin gipertrofiyada a’zoni barcha tarkibiy qismlarini yoki fa-
ol parenximatoz qismining hajmi kattalashadi, to‘qima hujayrasi-
ning o‘lchami yoki hujayralar soni ortadi (giperplaziya). Ba’zan bir 
vaqt ning o‘zida ham u ham bu hol kuzatiladi. Chin gipertropiya 
funksional ish faoliyatini oshishi tufayli rivojlanadi, ammo to‘qi-
malarda moddalar almashinuvining neyrogumoral idora etilishi-
ning buzilishi bilan bog‘langan bo‘lishi ham mumkin. Bu, odat-
da, a’zo funksiyasining kuchayishi bilan o‘tadi. Soxta gipertropiya 
deb, a’zo hajmining undagi oraliq, ko‘pincha, yog‘ to‘qimasining 
o‘sib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan kattalashishiga aytiladi. A’zoning 
faol qismi – parenxima – soxta gipertrofiyada hatto kichrayishi 
mum kin. Masalan, falajlangan oyoq hajmining kattalashishi uning 
mushaklarining atrofiyasida mushak tutamlari orasida yog‘ to‘qi-
masining zo‘r berib ko‘payishi tufayli kuzatiladi.
To‘qima funksional ish faoliyatini ortishi tufayli rivojlana-


57
digan gipertrofiya ishchi gipertrofiya deb ataladi. Ishchi giper-
trofiya mutlaqo sog‘ lom kishilarda kuzatilishi mumkin. Bunday 
hollarda uning paydo bo‘lishi patologik jarayonga bog‘liq emas. 
Gav da mushaklarining bunday gipertrofiyasi jismoniy mehnat bi-
lan shug‘ullanadigan shaxslarda, sportchilarda kuzatiladi.
Patologiya sharoitida ishchi gipertrofiya qandaydir patologik 
ko‘ rinish tufayli mazkur a’zoning zo‘r berib ishlashga ehtiyoj tu-
g‘ilganda kompensator jarayon sifatida rivojlanadi. Bunday giper-
trofiya kompensator gipertrofiya deb yuritiladi.
Ishchi va kompensator gipertrofiyaning ko‘p uchraydigan 
ko‘rinish laridan biri yurak gipertrofiyasidir. Yurak zo‘r berib ish-
lashi natijasida har bir mushak tolasining o‘lchami ortadi va yu-
rak kattalashadi. Yurak har ikki bo‘lagining keskin gipertrofiyasi-
da yurak birnecha marta kattalashgan bo‘ladi: bunday yurak «nov-
vos» yuragi deb ataladi. Uning og‘irligi 700–900 g chap qorincha 
devorining qalinligi esa 2,5–2,8 sm ga yetishi mumkin. Ishchi gi-
pertrofiya silliq mushakli a’zolarda va bezli a’zolarda ham sodir 
bo‘lishi mumkin. Bir buyrak o‘sib yetilmaganda yoki patologik 
jarayon bilan shikastlanganda ikkinchi buyrakning gipertrofiya-
si rivojlanadi. Yo‘q bo‘lgan a’zo yoki uning qismi funksiyasining 
o‘rnini bosish bilan yuzaga kelgan gipertrofiya vikar gipertrofiya 
deb ataladi. Agar miokard gipertrofiyasining rivojlanishiga olib 
kelgan sabab yurak dekompensatsiyasi rivojlanishiga qadar barta-
raf etilsa, yurak o‘lchamlari va og‘irligi asta-sekin kamayib mo‘ta-
dillanishi mumkin. Bu esa aslida miokard gipertrofiyasi qaytar ja-
rayon ekanligini ko‘rsatadi. Moddalar almashinuvining neyro – 
gumoral idora etilishining buzilishi oqibatida kelib chiqqan giper-
trofiyalar bir vaqtda ko‘pchilik a’zolarda yoki ularning ayrimlari-
da rivojlanishi mumkin.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling