Anatomiya 2014. indd


TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   422
Bog'liq
True

TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI
Suyaklar va ularning birlashuvi
Odam organizmining asosiy vazifalaridan biri uning hara-
kat qilish qobiliyatidir. Harakat odam organizmining atrof-mu-
hitga moslashishida ma’lum ahamiyatga ega. Odamning harakati 
tayanch-harakat apparati ishtirokida ro‘y beradi. Tayanch-hara-
kat apparati suyaklar hamda ular o‘rtasidagi birlashmalar va mu-
shaklardan iborat. Suyaklar va ularning birlashmalari suyaklar va 
ba’zi a’zolar uchun tayanch vazifasini bajarib, tayanch-harakat 
apparatini nofaol qismini tashkil qiladi. Uning faol qismi bo‘lgan 


61
mushaklar qisqarib, suyak richaglarga ta’sir qiladi va ularni hara-
katga keltiradi. Tayanch-harakat a’zolar tizimi organizmning ko‘p 
qism (gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 %)ini tashkil qiladi.
Skelet (skeleton) grekcha «skeletos» – «quritilgan» degan 
so‘zdan olingan. U (15-, 16-rasm) 200 ortiq alohida suyakdan 
iborat, undan 95 tasi juft suyaklardir. Skeletning og‘irligi 5–6 kg 
bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 %ini, ayollar-
da 8,5 %ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va bio-
logik vazifalarni bajaradi.
1. Tayanch-harakat vazifasi suyaklar yumshoq to‘qima va 
mushak lar vositasida birikib skeletni hosil qiladi. Skelet suyakla-
ri uzun va qisqa richaglar hosil qilib, mushaklar qisqarganida ha-
rakatga keladi.
2. Himoya vazifasi skelet hayot uchun zarur a’zolar uchun 
bo‘sh liqlar hosil qilib ularni tashqi ta’sirotlardan saqlaydi. Ma-
salan: umurt qa kanali ichida orqa miya, kalla bo‘shlig‘ida bosh 
miya, ko‘krak qafasida o‘pka va yurak va yirik qon tomirlar, cha-
noq bo‘shlig‘ida siydik tanosil a’zolari joylashgan.
3. Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral 
modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va 
bosh qa elementlar bor. Bundan tashqari suyaklarning epifizlarida 
joylash gan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini baja-
radigan qon elementlarini ishlab chiqaradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling