Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
va yozish harakati bajariladi.
3. Vintsimon bo‘g‘im g‘altaksimon bo‘g‘imning bir turi bo‘lib, 71 g‘altakning o‘ymasi burama shaklda bo‘ladi. Bir suyakning bo‘g‘im yuzasida suyak qirra bo‘lsa, ikkinchi suyakning bo‘g‘im chuqur- chasida yo‘naltiruvchi egat (yelka-tirsak bo‘g‘imi) bo‘ladi. Bu bo‘g‘imda ham harakat g‘altaksimon bo‘g‘imga o‘xshab ko‘nda- lang o‘q atrofida bukish va yozish bo‘ladi. Ikki o‘qli bo‘g‘imlar suyak uchlarining shakliga qarab uch tur- ga bo‘linadi: 1. Ellipssimon bo‘g‘imda suyaklardan birining uchi ellips shaklidagi bo‘g‘im boshchasini hosil qilsa, ikkinchisi shunga mos chuqurcha hosil qiladi (21- e rasm). Bunday bo‘g‘imda harakat ikki: frontal va sagittal o‘q atrofida bo‘ladi. Frontal o‘q atrofida bukish va yozish, sagittal o‘q atrofida yaqinlash tirish va uzoqlash- tirish (bilak-kaft usti bo‘g‘imi) harakatlari bajariladi. 2. Egarsimon bo‘g‘imda suyaklarning uchlari bir-biriga min- gashib turuvchi egar shaklida bo‘ladi (21- g rasm). Bunday bo‘- g‘im birinchi kaft suyagi va trapetsiyasimon suyak o‘rtasida uchraydi. Bu bo‘g‘imda harakat xuddi ellipssimon bo‘g‘imdagi- dek ikki o‘q atrofida kechadi. 3. Do‘ngli bo‘g‘imda bir suyakning bo‘g‘im yuzasi do‘ng, ikkinchisida esa shunga mos o‘yiq (tizza bo‘g‘imi) bo‘ladi. Bu bo‘g‘imda harakat frontal o‘q atrofida bukish va yozish bo‘lsa, bo‘y lama o‘q atrofida burish bo‘ladi. Ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etadigan suyaklarning uchlari shakliga va bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch turga bo‘li nadi: 1. Sharsimon bo‘g‘imda suyaklardan bittasining uchi sharsi- mon, ik kinchisining uchi esa shunga mos chuqurchadan iborat (21- a rasm). Bo‘g‘im chuqurchasi, odat- da, kichikroq, shuning uchun bunday bo‘- g‘imda harakat erkinroq va uch o‘q atrofi- da: frontal o‘q atrofida bukish va yozish; sagittal o‘q atrofida tanaga yaqinlashti rish va uzoqlashtirish; bo‘y lama o‘q atro fida burish sodir bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling