80
larida o‘mrov suyagi birikadigan o‘mrov o‘ymasi
joylashgan. Un-
dan pastda to‘sh suyagi dastasining yon tomon la ri da I qovurg‘a
tog‘ayi birikadigan o‘yma bor. Dastaning pastki chekkasida II qo-
vurg‘a uchun yarim o‘yma bo‘lib, to‘sh tanasidagi yarim o‘yma
bilan qo‘shilib II qovurg‘a o‘ymasini hosil qiladi. Dasta bilan tana
qo‘shilgan joyda to‘sh
suyagi burchagi
hosil bo‘la di. To‘sh suya-
gining eng uzun qismi tanasi
bo‘lib, uning past ki qismi yuqoriga
nisbatan keng, oldingi yuzasida taroqqiyot
davrida suyak qismla-
rining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ko‘ndalang g‘adir-budir chi-
ziqlar mav jud. Uning yon chekkasida chin qovurg‘alar tog‘ayi bir-
lashadigan qovurg‘a o‘ymalari bor. VII qovurg‘a o‘ymasi tana bi-
lan xanjarsimon o‘siqcha o‘rtasida joylashgan.
Xanjarsimon o‘siqcha ayrisimon, o‘tkir uchli, yuma
loq
uchli
shakllarda uchraydi.
TANA SUYAKLARINING BIRLASHUVI
Umurtqalarning birlashuvi
Umurtqalar o‘zaro tanasi, bo‘g‘im o‘siqchalari va ravog‘i bi-
lan birlashadi (33-rasm). Umurtqalarning tanasi o‘zaro
umurtqa-
lar orasidagi disk yordamida qo‘shiladi. Umurtqa pog‘onasida ja-
mi 23 ta tog‘ay disk bo‘lib, ular II–III bo‘yin umurtqalari o‘rta-
sidan bosh lanib, to V bel va I dumg‘aza umurtqa oralig‘igacha
davom etadi. Umurtqalar orasidagi disk ikki qismdan: tashqi–to-
lali tog‘aydan tuzilgan
fibroz halqa
Do'stlaringiz bilan baham: