Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   422
Bog'liq
True

Umurtqa pog‘onasi barcha umurtqalarning umurtqalararo 
disk lar, bo‘g‘imlar va boylamlar vositasida ustma-ust birlashishi-
dan hosil bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi o‘q skeletni hosil qiladi. U 
ko‘k rak, qorin bo‘shlig‘ini va chanoqning orqa devorini hosil qi-
lib, orqa miyani himoya qilish vazifasini bajaradi. Vertikal ho-
34-rasm. I, II bo‘yin 
umurtqalari va
ensa suyagini birlashuvi.
Ichki tomongan ko‘rinishi:
1–ikkinchi bo‘yin umurt-
qasi tishining cho‘qqisidagi 
boylam; 2–qanotsimon
boylam; 3–atlant-ensa 
bo‘g‘imi; 4– I va II bo‘yin 
umurtqalari orasidagi
lateral bo‘g‘im; 5–o‘qli
umurtqa; 6–atlant;
7–tish; 8–ensa suyagi.


83
latda umurtqa pog‘onasi bosh, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i 
a’zolari uchun tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‘onasiga 
tushayot gan og‘irlik kuchi yuqoridan pastga qarab ortib borgani 
uchun, uni hosil qiluvchi umurtqalarning o‘lchami ham pastga 
tomon kattalashib boradi.
Katta yoshdagi odam umurtqa pog‘onasining uzunligi er-
kaklarda 60–75 sm, ayollarda 60–65 sm bo‘ladi. Eng keng o‘lcha-
mi (11–12 sm) dumg‘aza suyagi asosida. Katta yoshdagi odam-
ning umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri bo‘lmay fiziologik egriliklar hosil 
qiladi. Unda ikki xil egrilik: oldinga qarab yo‘nalgan egrilik lor-
doz va orqaga qarab yo‘nalgan egrilik kifoz bo‘ladi. Mo‘tadil ho-
latda bo‘yin hamda bel lordozi, ko‘krak va dumg‘aza kifozi ta-
fovut qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umurtqa pog‘onasining egri-
liklari yaxshi bilinmaydi. Bola hayotining 3-oyida bola boshini 
tuta bosh laganda bo‘yin lordozi paydo bo‘ladi. Bola o‘tira bosh-
lagach (6-oy), ko‘krak kifozi hosil bo‘ladi. Birinchi yilning oxiri-
da bola turib, yura boshlagach, orqa mushaklari ta’sirida bel lor-
dozi hosil bo‘ladi.
Yosh ulg‘aygan sari suyaklarning va umurtqalararo disklar ning 
kich rayishi hisobiga umurtqa pog‘onasining uzunligi 5 sm gacha 
kamayadi.
Umurtqa pog‘onasining harakati har taraflama bo‘lib, bu ha-
rakat ayrim umurtqalar o‘rtasidagi harakatlarning yig‘indisi dan 
iborat. Umurtqa pog‘onasini frontal o‘q atrofida oldinga bu kish 
va orqaga yozish mumkin. Sagittal o‘q atrofida o‘ng va chap to-
monga uzoq lashishi va yaqinlashishi asosan bel qismida bo‘la-
di. Bo‘ylama o‘q atrofida burama va aylanma harakatlar qi lish 
mum kin.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling