Anatomiya 2014. indd


hosil qiladi. VIII qovurg‘a tog‘ayi  esa VII qovurg‘a tog‘ayiga birikadi. Ko‘krak qafasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   422
Bog'liq
True

 hosil qiladi. VIII qovurg‘a tog‘ayi 
esa VII qovurg‘a tog‘ayiga birikadi.
Ko‘krak qafasi (compages thorax) 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 
juft qovurg‘a va to‘sh suyagining o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. 
Odamda u oldindan orqaga qarab yassilashgan kesik konus shakli-
da bo‘ladi. Uning shakli o‘zgaruvchan (yassi, silindrsimon va ko-
nussimon) bo‘lib, uni o‘rab turgan mushaklarga, ichki a’zolarning 
joylashishi va kasbga bog‘liq. Ko‘krak qafasida yuqorigi va pastki 
aperturalar tafovut qilinadi. Uning yuqorigi aperturasi I ko‘krak 
umurtqasi, birinchi qovurg‘alarning ichki chekkalari va to‘sh das-
tasining ust ki chekkasi bilan chegaralangan. Uning oldingi-orqa 
o‘lchami 5–6 sm, ko‘ndalang o‘lchami esa 10–12 sm bo‘lib, bi-
roz oldinga egilgan bo‘ladi. Ko‘krak qafasining pastki aperturasi 
orqadan XII ko‘krak umurtqasi, oldindan to‘sh suyagining xan-


85
jarsimon o‘siqchasi, yon tomondan pastki qovur g‘alar bilan che-
garalangan. Uning oldingi-orqa o‘lchami 13–15 sm, ko‘ndalang 
o‘lchami esa 25–28 sm. O‘ng va chap qovurg‘a ravoqlari yon to-
mondan to‘sh osti burchagini
 chegaralab turadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krak qafasi ikki yonidan siqib 
qo‘yilgan kesik konus shaklida bo‘ladi. Uning oldingi-orqa o‘lcha-
mi (7,5–7,7 sm), ko‘ndalang o‘lchamidan (6,9–7,2 sm) katta. 
Nafas olganda ko‘krak qafasining harakati. Yuqorigi qo-
vurg‘alar qisqa, pastkisi uzun bo‘lgani uchun nafas jarayoni-
da ko‘krak qafasining harakati bir tekis bo‘lmaydi. Nafas olgan-
da ko‘krak qafasining yuqori qismi sagittal yo‘nalishda kengay-
sa, pastki qismi esa ko‘n dalangiga kengayadi. Birinchi qovurg‘a 
kam harakat bo‘lgani uchun nafas jarayonida op‘ka uchining ven-
tilyatsiyasi juda kam bo‘lib, bu holat o‘pka uchida yallig‘lanish ja-
rayonlarini rivojlanishiga sharoit yaratib beradi.
Qo‘l suyaklari
Qo‘l mehnat quroli sifatida erkin harakatlanadi. Qo‘lda yel-
ka kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Yelka kamari o‘mrov 
va kurak suyaklaridan iborat. Qo‘lning erkin qismi yelka, bilak va 
tirsak hamda qo‘l panjasi suyaklaridan tashkil topgan. Qo‘l pan-
jasi esa kaft usti suyaklari, kaft suyaklari va barmoq suyaklariga 
bo‘linadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling