Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘lning erkin qismi suyaklarining birlashuvi Yelka bo‘g‘imi
- Tirsak bo‘g‘imi
Kurak-o‘mrov bo‘g‘imi (articulatio acromioclavicularis) akro-
mionning bo‘g‘im yuzasi bilan o‘mrov suyagi akromion bo‘g‘im yuza si o‘rtasida hosil bo‘ladi. U yassi bo‘g‘imlar turkumiga ki- rib harakati che garalangan. Bo‘g‘im xaltasini ustidan akro- mion-o‘mrov boylami mus tahkamlab turadi. Bundan tashqari bu bo‘g‘imni mustahkam lash da bo‘g‘imdan tashqarida joylashgan tumshuqsimon-o‘mrov boylami ham ishtirok etadi. Bu bo‘g‘imda boylamlar mustahkam bo‘lgani uchun harakati chegaralangan bo‘lib uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Qo‘lning erkin qismi suyaklarining birlashuvi Yelka bo‘g‘imi (articulatio humeri) (44-rasm) yelka suya- gi boshchasi va kurak suyagining bo‘g‘im chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. Yelka suyagining sharsimon bo‘g‘im yuzasi kurak suyagining bo‘g‘im chuqurchasiga mos kelmagani tufayli uning atrofini qo‘shimcha tog‘ay halqa lab o‘raydi. Bu bo‘g‘im la- bi kurakning bo‘ g‘im yuzasini chuqurlashtirib, yelka suyagining boshiga moslaydi. Bo‘g‘im xaltasi yupqa va keng bo‘lib, harakat vaqtida burmalar hosil qiladi. Uning yuqori qismi tum shuqsimon o‘simtadan boshlanib yelka suyagining anatomik bo‘ynining 93 yuqo ri qismiga yopishgan tumshuqsimon-yelka boylami hisobiga qalinlashgan bo‘ladi. Yelka bo‘g‘imining xaltasi o‘z atrofida joylashgan mushaklar payi tolasi hisobiga qalinlashadi. Yelka bo‘g‘imining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bo‘g‘im xaltasining ichida yelka ikki boshli mushagining uzun boshi payi o‘tadi. Bu bo‘g‘imni mustahkamlashda uning atrofida joylash- gan yelka kamari mushaklari ishtirok etadi. Yelka bo‘g‘imi shakl jihatidan sharsimon bo‘g‘im turkumiga kiradi. Uning boylamla- ri kam va bo‘g‘im xaltasi keng bo‘lgani uchun harakati erkin bo‘lib, uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Sagittal o‘q atrofida qo‘lni tanaga yaqinlashtirish va uzoq lashtirish; frontal o‘q atrofida bu- kish va yozish; vertikal o‘q atrofida yelkani bilak va panja bilan birgalikda ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, aylanma harakat qilish mumkin. Tirsak bo‘g‘imi (articulatio cubiti, 45-, 46-rasm) murakkab bo‘ g‘im hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishida uchta suyak: yelka suyagining pastki uchi, bilak va tirsak suyaklarining yuqori uchi ishtirok etadi. Bu bo‘g‘imda bitta umumiy bo‘g‘im xaltasi ichida uchta alohi- da: yelka-tirsak, yelka-bilak va proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imla- ri joylash gan bo‘ladi. Yelka-tirsak bo‘g‘imi yelka suyagi g‘altagi bilan tirsak suya- gi g‘altak o‘ymasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. Shakl jihatidan g‘altak- simon bo‘g‘im hisoblanadi. Ammo g‘altakning o‘rtasidagi o‘yma- cha bir tomonga qiyshayib turgani uchun bo‘g‘im yuzasi vintsi- mon shaklni oladi. Bu bo‘ g‘imda harakat bir o‘q atrofida bo‘lib, tirsakni bukish va yozish mumkin. Yelka-bilak bo‘g‘imi yelka suyagi bosh- chasi bilan bilak suyagi bosh chasidagi bo‘g‘im chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. U shakl jihatidan sharsimon bo‘g‘im hisoblanadi. Bu Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling