90
nomlari shakllariga mos, ularda qo‘shni
suyaklar bilan birlashadigan bo‘g‘im yuza-
lari bor.
Qayiqsimon suyak (os scaphoideum) bi-
rinchi qatordagi eng katta suyak bo‘lib, qa-
bariq yuzasi bilak suyagining bo‘g‘im yuza-
si bilan birlashadi. Kaftga qaragan yuza si
botiq bo‘lib, lateral chekkasi qayiqsimon
suyak do‘mboqchasini hosil qiladi.
Yarim oysimon suyakning (os lunatum)
ustki yuzasi qavariq, pastki yuzasi esa botiq,
boshchali suyak bilan bo‘g‘im hosil qiladi.
Uch qirrali suyakning (os triquetrum)
ustki yuzasi qavariq bo‘lib,
bilak suyagining
bo‘g‘im yuzasi bilan, tashqi yassi yuzasi esa
no‘xatsimon suyak bilan birlashadi.
No‘xatsimon suyak (os pisiforme) kaft
usti sohasining eng kichik suyagi. U qo‘l
panjasini bilak tomonga bukuvchi mushak
payi ichida joylashgan.
Proksimal qatorning uchta suyagi o‘zaro
birlashib ellipssimon bo‘ g‘im
yuzasini hosil
qiladi.
Trapetsiya suyagida (os trapezium) I
kaft suyagi asosi bilan birlashadigan egar-
simon bo‘g‘im yuzasi bor,
uning kaft yuza-
sida trapetsiya suyagining do‘mboqchasi va
egatcha mavjud.
Trapetsiyasimon suyak (os trapezoi-
deum) kichkina bo‘lib, shakl jihatidan tra-
petsiyaga o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: