Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonbosh suyagi
Oyoq kamari suyaklari
Chanoq suyagi (os coxae, 48-, 49-rasm) juft yassi suyak bo‘lib, odamning tana og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va chanoq bo‘shlig‘ida- gi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. 16 yoshgacha chanoq suyagi 3 ta alohida: yonbosh, qov va quymich suyakla- ridan iborat bo‘lib, ular o‘zaro tog‘ay qatlam vositasida birik- kan. Keyinchalik bu suyaklar suyaklanib, bir butun chanoq suya- gini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning o‘zaro birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan quy- mich kosachasi bor. U qirra bilan o‘ralgan bo‘lib, medial tomo- nida o‘ymasi bor. Quymich kosachasini chetini son suyagi bosh- chasi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi yarim oysimon yuza egallagan, tubi esa g‘adir-budir. 48-rasm. O‘ng chanoq suyagi. Tashqi tomondan ko‘rinishi: 1–yonbosh suyagining qirrasi; 2–yonbosh suyagi- ning qanoti; 3–oldingi dumba chizig‘i; 4–yonbosh suyagining oldingi ustki o‘tkir o‘sig‘i; 5–yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘i; 6–past- ki dumba chizig‘i; 7–yarim oysimon yuza; 8–qov suyagi; 9–quymich kosachasining o‘ymasi; 10–yopg‘ich teshigi; 11–quymich suyagi; 12–kichik quymich kemtigi; 13–quymich suyagi- ning o‘tkir o‘sig‘i; 14–katta quymich kemtigi; 15–yonbosh suyagining orqadagi pastki o‘tkir o‘sig‘i; 16–yonbosh suyagining orqadagi ustki o‘tkir o‘sig‘i; 17–orqa dumba chizig‘i. Yonbosh suyagi (os ilium) ikki qismdan: pastki qalinlashgan, quymich kosachasini yuqori qismini hosil qilishda qatnashadigan tanasi va yuqorigi kengaygan yonbosh suyagi qanotidan iborat. Yonbosh suyagining qanoti S shaklida, o‘rtasi yupqalashgan, uning chekkasi qalinlashib va yelpig‘ichsimon kengayib, yonbosh suyagi qirrasini hosil qiladi. Yonbosh suyagining qirrasida qorin mushaklari birikadigan uchta g‘adir-budir chiziqlar: tashqi lab, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling