Anatomiya 2014. indd
-rasm. O‘ng bilak-kaft usti bo‘g‘imi va qo‘l
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
47-rasm. O‘ng bilak-kaft usti bo‘g‘imi va qo‘l
panjasi bo‘g‘imlari. Kaft yuzasi: 1–bilakning suyaklararo pardasi; 2–tirsak suya- gi; 3–distal bilak-tirsak bo‘g‘imi; 4–kaft usti- ning tirsak kollateral boylami; 5–no‘xatsimon suyak; 6–no‘xatsimon–ilmoqsimon boylam; 7–no‘xatsimon-kaft boylami; 8–ilmoqsimon suyak ilmog‘i; 9–kaft usti suyaklari orasidagi oldingi boylamlar; 10–qo‘l kafti bilan barmo- qlar orasidagi bo‘g‘imlar; 11–kaftning ko‘nda- lang chuqur boylami; 12–qo‘l panjasining bar- moq falangalari orasidagi bo‘g‘imlar; 13–kaft- kaft usti oldingi boylamlari; 14–yon boylamlar; 15–qo‘l bosh barmog‘ining kaft-kaft usti bo‘g‘imi; 16–boshchali suyak; 17–bilak-kaft usti boylami; 18–kaft ustining bilak kollateral boylami; 19–kaft-bilak-kaft usti boylami; 20–bilak suyagi. 96 alohida dastalar shaklida birikadigan kaft bilak-kaft usti boyla- mi bo‘ladi. Bo‘g‘imning orqa yuzasida bilak suyagining orqa yuzasidan bosh lanib kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga birikadigan or- qa bilak-kaft usti boylami joylashgan. Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atrofida bajariladi, frontal o‘q atrofida kaftni bukish va yozish, sagittal o‘q atrofida esa kaftni uzoqlashtirish va yaqinlashtirish mumkin. Kaft usti suyaklari bilak va kaft suyaklari o‘rtasida joyla- shib bir nechta bo‘g‘imlarni hosil qilishda qatnashadi. Kaft usti suyakla rining birinchi va ikkinchi qatori o‘rtasida ikki qator kaft usti suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imni hosil qiladi. Bu bo‘g‘imning faoliyati bilak-kaft usti bo‘g‘imi bilan bevosita bog‘liq. Uni ho- sil qiluv chi suyaklarning bo‘g‘im yuzalari murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, bo‘g‘im yorig‘i S shaklida bo‘ladi. Bu bo‘g‘imning bo‘shlig‘i kaft ustining birinchi va ikkinchi qator suyaklari o‘rta- sidagi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘iga qo‘shilib turadi. Bo‘g‘im xaltasi er- kin va orqa tomoni yupqa bo‘lib, bu bo‘g‘imda faqat frontal o‘q atrofida bukish va y ozish mumkin. Kaft ustining ayrim suyaklari o‘zaro kaft usti suyaklari ora- sidagi bo‘ g‘imlarni hosil qilib birlashadi. Bu bo‘g‘imlar murak- kab tuzilishga ega bo‘lib, qo‘l panjasi harakatida katta ahamiyat- ga ega. Bu bo‘g‘imlarni qo‘l panjasining kaft va orqa yuzalarida joylashgan bir nechta boylam mus tahkamlab turadi. Kaft yuzasida joylashgan kaft ustining shu’lasimon boylami, kaft usti suyakla- ri orasidagi oldingi, kaft usti suyaklari orasidagi orqa va kaft usti suyaklari orasidagi boylamlar mustahkamlaydi. Kaft usti suyaklarining distal qatori bilan kaft suyaklari o‘rta- sida kaft-kaft usti bo‘g‘imlari hosil bo‘ladi. I kaft suyagi bi- lan trapetsiya shaklidagi suyak o‘rtasidagi bo‘g‘im shakl jihati- dan egarsimon bo‘g‘im bo‘lib harakati ikki: sagittal o‘q atrofi- da bosh barmoq ko‘rsat kich barmoq qa yaqinlashadi va uzoqla- shadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling