Anatomiya 2014. indd


-rasm. O‘ng tirsak bo‘g‘imi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   422
Bog'liq
True

45-rasm. O‘ng tirsak bo‘g‘imi.
Old tomondan ko‘rinishi:
1–bo‘g‘im xaltasi; 2–tirsak suyagi tomondagi
kollateral boylam; 3–qiyshiq xorda; 4–tirsak suyagi;
5–bilak suyagi; 6–yelka ikki boshli mushagining payi; 
7–bilak suyagining halqasimon boylami; 8–bilak 
suyagi tomondagi kollateral boylam; 9–yelka suyagi.


94
bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atrofida bo‘ladi. Frontal o‘q atrofi-
da bukish va yozish, vertikal o‘q atrofida ichkariga va tashqari-
ga burish
 mumkin.
Proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi
bilak suyagi boshchasining 
bo‘g‘im gir aylanasi bilan tirsak suyagining bilak kemtigi o‘rtasi-
da hosil bo‘ladi. U shakl jihatidan silindrsimon bo‘g‘imlar guru-
higa kiradi.
Tirsak bo‘g‘imining xaltasi umumiy, keng va erkin bo‘ladi. U 
yelka suyagining do‘ng usti do‘mboqchalarini tashqarida qoldirib 
o‘rasa, bilak suyagini boshchasi va tirsak suyagini tirsak o‘simtasi 
qirrasidan o‘raydi. Bo‘g‘im xaltasi tashqi tomondan uchta: tirsak 
suyagi tomondagi kollateral, bilak suyagi tomondagi kollateral va 
bilak suyagining halqasimon boylamlari bilan mustahkamlanadi.
Tirsak bo‘g‘imida asosiy harakat frontal o‘q atrofida bo‘lib, bi-
lakni bukish va yozishda yelka-tirsak hamda yelka-bilak bo‘g‘imla-
ri ishtirok etadi. Bilak suyagining bo‘ylama o‘qi proksimal bilak-
tirsak bo‘g‘imida bilakni ichkariga va tashqariga burishda ishti-
rok etadi. 
Bilak suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli birlashmalar hosil 
qilib birlashadi (46-rasm).
Uzluksiz birlashma bilak va tirsak su yak larining suyaklararo 
qirralari o‘rtasida tortilgan suyaklararo pardadan iborat bo‘lib, 
suyaklar diafizini birlashtirib turadi. Bu pardaning ust ki va past-
ki qismlarida qon tomirlar o‘tadigan teshiklar bor. 
Bilak suyaklari o‘rtasidagi uz 
lukli birlashmalarga 
proksimal va distal bilak-tirsak bo‘g‘imlari kiradi. 
Proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi tirsak bo‘g‘imi tar-
kibida joylashadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling