Anatomiya 2014. indd
Distal bilak-tirsak bo‘g‘imi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilak-kaft usti bo‘g‘imi
Distal bilak-tirsak bo‘g‘imi (articulatio radioul-
naris distalis) tirsak suyagi boshchasidagi bo‘g‘im gir aylanasi bilan bilak suyagining tirsak kemtigi o‘rta- 46-rasm. Bilak suyaklarining o‘zaro birlashuvi. Old tomondan ko‘rinishi: 1–tirsak o‘sig‘i; 2–g‘altaksimon kemtik; 3–tirsak suyagi; 4–bilak suyaklariaro parda; 5–tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi; 6–distal bilak-tirsak bo‘g‘imi; 7–kaft suyakla- ri bo‘g‘im yuzasi; 8–bilak suyagining bigizsimon o‘siqchasi; 9–bilak suyagi; 10–qiyshiq xorda; 11–bo‘g‘im gir aylanasi. 95 sida hosil bo‘ladi. Bilak suyagining tirsak kemtigidan boshlangan uchburchak shakldagi bo‘g‘im diski tirsak suyagining bigizsimon o‘simtasi tomon yo‘nalib, bu bo‘g‘imni bilak-kaft usti bo‘g‘imi- dan ajratib turadi. Bo‘g‘im xaltasi erkin bo‘lib, u suyaklarning bo‘g‘im yuzalari va bo‘g‘im tog‘ayi chekkasi bo‘ylab birikadi. Proksimal va distal bilak-tirsak bo‘g‘imlari birgalikda silindrsimon hamkor bo‘g‘imni hosil qiladilar. Ularda harakat bo‘ylama o‘q atrofida bo‘lib, bilak ichkariga va tashqariga buriladi. Bilak-kaft usti bo‘g‘imi (artculatio radiocarpea) (47-rasm) bilak suyagining kaft suyaklari bo‘g‘im yuzasi, medial tomon- dan bo‘g‘im diski va kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi uchta: qayiqsimon, yarim oysimon va uch qirrali suyaklarning proksimal bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida hosil bo‘ladi. Tuzilishi ji- hatidan bilak-kaft usti bo‘g‘imi murakkab bo‘lib, shakl jihatidan ellipssimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bo‘g‘im xaltasi suyak- larning bo‘g‘im yuzalari chekkasi bo‘ylab birikkan bo‘lib, orqa tomonda yupqa bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasini yon tomonda joylash- gan kaft ustining bilak kollateral va kaft ustining tirsak kollate- ral boylamlari mustahkamlab turadi. Bo‘g‘imning kaft yuzasida bilak suyagi bo‘ g‘im yuzasining oldingi chekka sidan boshlanib, kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga va boshchali suyakka Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling