97
tomondan kaft-kaft usti oldingi boylamlari,
kaft-kaft
usti or-
qa boylamlari mustah kamlab turadi. Bu bo‘g‘imning boylamla-
ri mustahkam va tarang tortilgani uchun harakati juda chegara-
langan bo‘ladi.
II–V kaft suyaklari asosi keng bo‘lib o‘zaro yaqin joylash-
gani uchun ularning bir-biriga qaragan yuzalari o‘rtasida kaft
suyak lari orasidagi bo‘g‘imlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlar
xaltasi
kaft-kaft usti bo‘g‘imlari xaltasi bilan umumiydir. Bu bo‘g‘im-
ni yonma-yon kaft suyaklari o‘rtasida ko‘ndalang yo‘nalgan kaft
suyaklari orasidagi oldingi va orqa boylamlar va bo‘g‘im ichida
joylashgan kaft suyaklariaro boylamlari mustah kamlab turadi.
Qo‘l kafti bilan barmoqlar orasidagi bo‘g‘imlar kaft suyakla-
ri boshchasining bo‘g‘im yuzasi bilan proksimal barmoq falan-
galari asosi o‘rtasida hosil bo‘lib, ellipssimon bo‘g‘imlar guru-
higa kiradi. Bo‘g‘im xaltasi erkin va keng bo‘lib,
yon tomon-
dan yon boylamlar
bilan mustahkamlansa, kaft tomondan kaft
boylamlari tolalari hisobiga qalinlashadi. Bu bo‘g‘imlarida hara-
kat ikki o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Frontal o‘q
atrofida barmoq-
larni bukish va y ozish, sagittal o‘q atrofida barmoqlarni uzoq-
lashtirish va yaqinlashtirish mumkin.
Qo‘l panjasining barmoq falangalari orasidagi bo‘g‘imlar bitta
barmoq falangasining boshchasi bilan
ikkinchi falanganing aso-
si o‘rtasida hosil bo‘ladi. Shakl jihatidan g‘altaksimon bo‘g‘im
hisob lanadi. Bu bo‘g‘imlarning xaltasi keng bo‘lib, yon tomon-
dan yon boylamlar bilan mustahkamlanib, kaft tomondan esa
kaft boylamlari hisobiga qalinla shadi. Harakat faqat frontal o‘q
atrofida bo‘lib, barmoq larni bukish va yozishdan iborat.
Oyoq suyaklari
Odam oyog‘i katta va yo‘g‘on suyaklardan iborat. Oyoq
suyaklarida oyoq kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Oyoq-
ning kamar qismi
juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Oyoqning
erkin qismi uch qismdan: proksimal – son suyagi; o‘rta –
katta
va kichik boldir suyaklaridan iborat. Tizza bo‘g‘imi sohasida kat-
ta sesamasimon suyak tizza qopqog‘i joylash gan. Oyoqning distal
qismi oyoq panjasi suyaklari, o‘z
nav batida, kaft usti suyaklari,
oyoq kafti suyaklari va barmoq suyaklariga bo‘linadi.