Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   422
Bog'liq
True

 orqa qirra va suyaklararo qirra ajratib turadi. 
Suyakning pastki uchi yuqorisiga nisbatan ingichka-
roq bo‘lib, tirsak suyagining boshchasi
 bilan tugaydi.
40-rasm. O‘ng tirsak suyagi:
1–tirsak o‘sig‘i; 2–g‘altaksimon kemtik; 3–tojsimon o‘siq-
cha; 4–bilak kemtigi; 5–tirsak suyagining g‘adir-budir 
do‘ngligi; 6–oldingi qirra; 7– suyaklararo qirra; 8–bo‘g‘im 
gir aylanasi; 9– tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi;
10–orqa qirra; 11–supinator mushagining qirrasi.


89
Tirsak suyagi boshchasida bilak suyagi bilan birla-
shadigan bo‘g‘im gir aylanasi
 joylashgan. Boshchaning 
pastki yuza si yassi. Suyak boshchasining medial tomo-
nida tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi bor.
Bilak suyagining (radius, 41-rasm) yuqorigi nis-
batan kichik uchida bilak suyagining boshchasi joy-
lashgan. Boshchaning ust tomonida yelka suyagi bosh-
chasi bilan bo‘g‘im hosil qiladigan yassi bo‘g‘im chu-
qurchasi bor.
41-rasm. O‘ng bilak suyagi. Old tomondan ko‘rinishi:
1–bilak suyagining boshchasi; 2–bilak suyagining bo‘yinchasi; 
3–bilak suyagidagi g‘adir-budir do‘nglik; 4–suyaklararo qirra;
5–tirsak kemtigi; 6–bilak suyagining bigizsimon o‘siqchasi;
7–oldingi qirra; 8–oldingi yuza; 9–bo‘g‘im gir aylanasi.
Boshchaning yon tomonida tirsak suyagi bilan bo‘ g‘im hosil qi-
ladigan bo‘g‘im gir aylanasi joylashgan. Su yakning boshchasi ta-
nasidan toraygan bilak suyagi bo‘ yinchasi vositasida ajralib tura-
di. Undan pastda mushak birikadigan bilak suyagidagi g‘adir-budir 
do‘nglik
 bor. Bilak suyagi tanasi uch qirrali. Unda uchta: oldin-
gi yuza
 , orqa yuza va lateral yuza bo‘lib, ular o‘zaro uchta oldingi 
qirra,
 orqa qirra va suyaklararo qirra orqali bir-biridan ajralib tu-
radi. Bilak suyagini past ki uchi kengaygan, uning medial tomonida 
tirsak suyagi bosh chasi bilan bo‘g‘im hosil qiladigan tirsak kemtigi
lateral
 tomonida bilak suyagining bigizsimon o‘siqchasi bor. Past-
ki uchining kaft usti yuzasi botiq bo‘lib, kaft usti suyaklari bilan 
bo‘g‘im hosil qiladigan kaft suyaklari bo‘g‘im yuzasi bor.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling