Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   422
Bog'liq
True

Yelka kamari suyaklari
Yelka kamari sohasida 2 ta: o‘mrov va kurak suyagi bo‘lib, 
ulardan o‘mrov suyagi qo‘lni tana bilan bog‘lab turadigan yago-
na suyak.
O‘mrov suyagi (clavicula) S shaklida bukilgan uzun naysi-
mon suyak (36-rasm) bo‘lib, to‘sh suyagining o‘mrov o‘ymasi bi-
lan kurak suyagining akromioni o‘rtasida joylashadi. Uning ta-
36-rasm. O‘mrov suyagi:
1–akromion uchi; 2–to‘shga qaragan 
uchi; 3–to‘sh suyagi bilan birikadigan 
bo‘g‘im yuzasi; 4–konussimon do‘m-
boqcha; 5–trapetsiyasimon chiziq; 
6–akromion bo‘g‘im yuzasi.


86
nasi,
 to‘shga qaragan uchi va akromion 
uchi
tafovut qilinadi. To‘shga qaragan 
uchi oldinga turtib chiqqan va yo‘g‘on-
lashgan bo‘lib, to‘sh suyagi bilan birika-
digan bo‘g‘im yuzasi bor. Uning akro-
mion uchi orqaga qaragan, kurak suya-
gining akromioni bilan birlashadigan 
yassi akromion bo‘g‘im yuzasi bor.
O‘mrov suyagi tanasining yuqori 
yuza si silliq, pastki yuzasida boylamlar 
biri kadigan konussimon do‘mboqcha
 va 
trapetsiyasimon chiziq bor.
Kurak suyagi (scapula) yassi uchbur-
chak shaklida (37-, 38-rasm). U ko‘krak 
qafasining orqa lateral tomonida II–VII 
qovurg‘a sohasida joylashgan. Uning 3 
ta: yuqori burchak
, lateral burchak va 
pastki burchagi hamda shunga mos ra-
vishda 3 ta qirrasi: medial qirra, lateral 
qirra
 va ustki qirrasi tafovut qilinadi.
Kurakning orqa yuzasi
 qavariq bo‘-
lib, uni orqaga qarab chiqqan kurak-
ning o‘tkir qirrasi 2 ga: kurakning o‘t-
kir qirrasi
ustidagi chuqurcha va ku-
rakning o‘tkir qirrasi osti chuqurchasi-
ga ajratadi.
Ularda shu nomdagi mu-
shaklar yotadi. Kurakning o‘tkir qir rasi 
lateral burchak tomonga ko‘ tarilib bo-
rib kengayadi va akromionni
hosil qi-
ladi. Uning uchida o‘mrov suyagi bilan 
birikadigan o‘mrov bo‘ g‘im yuzasi bor. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling