Anatomiya 2014. indd
hosil bo‘ladi. Dum g‘aza suyagining chanoq yuza- si yoysimon bukilgan va tekis. 30-rasm. Dumg‘aza suyagi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dum umurtqalari
hosil bo‘ladi. Dum g‘aza suyagining chanoq yuza-
si yoysimon bukilgan va tekis. 30-rasm. Dumg‘aza suyagi: A. Old tomoni: 1–dumg‘aza suyagining asosi; 2–ustki bo‘g‘im o‘siqchasi; 3–ko‘ndalang chiziqlar; 4–dumg‘aza cho‘qqisi 5–oldingi dumg‘aza teshiklari; 6–lateral qismi. B. Orqa tomoni: 1–dumg‘aza kanali; 2–ustki bo‘g‘im o‘siqchasi; 3–dumg‘aza do‘ngligi; 4–dumg‘azaning medial qirrasi; 5–dumg‘azaning o‘rta qirrasi; 6–dumg‘aza yorig‘i; 7–dumg‘aza shoxi; 8–dumg‘azaning lateral qirrasi; 9–orqa dumg‘aza teshiklari. Unda umurtqalarning birikishidan hosil bo‘lgan to‘rtta ko‘n- dalang chiziqlar ko‘zga tashlanadi. Ularning ikki uchida oldin- gi dum g‘aza teshiklari joylashgan. Dumg‘azaning orqa yuzasi g‘adir-budir bo‘rtib chiqqan, bu yerda umurtqa o‘siqchalari bi- rikishidan hosil bo‘lgan beshta bo‘ylama qirra bor. Toq dumg‘a- zaning o‘rta qirrasi o‘tkir qirrali o‘siqchalarning birikishidan ho- sil bo‘ladi. Uning yon tomonida joylashgan juft dumg‘azaning medial qirra si bo‘g‘im o‘siqchalarining birikishidan hosil bo‘lsa, dum g‘azaning lateral qirrasi ko‘ndalang o‘siqchalarning birikishi- dan hosil bo‘ladi. Medial va lateral qirralar o‘rtasida orqa dum- 78 g‘aza teshiklari joylashgan. Undan tashqarida lateral qismlar bor, undagi quloqsimon yuza yonbosh suyagidagi shunday yuza bilan bo‘g‘im hosil qilib, qo‘shilib turadi. Uning yuqori qismida boy- lamlar va mushaklar birikadigan dumg‘aza do‘ngligi bor. Dum- g‘aza umurtqalarining teshiklari o‘zaro qo‘shilib dumg‘aza kana- lini tashkil etadi. Bu kanal pastga tomon torayib dumg‘aza yorig‘i bo‘lib tugay- di. Uning ikki tomonidagi bo‘g‘im o‘siqchalari dumg‘aza shoxini hosil qiladi. Dum umurtqalari (vertebra coccygeae) 4–5 ta bo‘lib, odamda qoldiq umurtqalar hisoblanadi; ular katta odamda suyaklanib uchburchak shaklidagi dum suyagini vujudga keltiradi. U oldin- ga qarab bukilgan bo‘lib, asosi yuqoriga, uchi esa pastga qara- gan. I dum umurt qasida dum g‘aza suyagi bilan bo‘g‘im hosil qi- ladigan uncha katta bo‘lmagan tanadan tashqari dum suyagining shoxi ham bor. Ko‘krak qafasi suyaklari 12 juft qovurg‘a va to‘sh suyagidan iborat. Qovurg‘alar (costae) 12 juft bo‘lib, orqa tomondan ko‘krak umurt qalarining tanasiga birikadi (31-rasm). Har qaysi qovurg‘a ikki qismdan iborat. Uning orqa uzun qismi suyakdan, oldingi qisqa qismi tog‘aydan tuzilgan. Yetti juft (I–VII) yuqoridagi qo- vurg‘alar tog‘ay qismlari bilan to‘sh suyagiga birikadi va chin qo- vurg‘alar deb ataladi. VIII–X juft qovurg‘alar tog‘ayi to‘sh suyagiga yetib bormay, yettinchi qovurg‘a tog‘ayiga birikkani uchun soxta qovurg‘alar deyi ladi. XI–XII juft qovurg‘alar tog‘ayi qisqa bo‘lib, hech qayerga bi- rikmay qorin mushaklari orasida erkin joylashadi va yetim qo- vurg‘alar deb ataladi. Har bir qovurg‘aning orqa uchida qovurg‘a Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling