Anatomiya 2014. indd


bo‘ladi. Suyaklarning rivojlanishi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   422
Bog'liq
True

 bo‘ladi.
Suyaklarning rivojlanishi
Odam embrionida suyak to‘qimasi boshqa to‘qimalarga nisba-
tan kechroq, ona qornidagi hayotining 6–8 haftalarida mezenxi-
madan paydo bo‘ladi.
Hamma suyaklar taroqqiyot davrida bir xilda rivojlanmay-
di, ularning ba’zilari (kallaning qopqoq va yuz qismi suyaklari, 
o‘mrov) biriktiruvchi to‘qimadan taroqqiy etadi yoki ikki bos-


66
qichni (parda, suyak) o‘tadi. Bular birlamchi suyaklar deb ata-
ladi. Boshqa suyaklar uch bosqichni (parda, tog‘ay, suyak) o‘tib 
ikkilamchi suyaklar deyiladi. Suyaklanish jarayoni quyidagi to‘rt 
turga bo‘linadi:
1. Endesmal suyaklanishda birlamchi suyaklar vujudga keladi. 
Bunda bo‘lajak suyakni biriktiruvchi to‘qimasining ma’lum nuq-
tasida os teoblastlar zo‘r berib ko‘payadi va suyaklanish nuqtasini 
hosil qiladi. Bu nuqta har tomonga qarab nur shaklida qator-qa-
tor bo‘lib tarqaydi. Biriktiruv chi to‘qimani yuza qavati periostga 
aylanadi va yosh suyakni ustini qoplaydi. Periost hisobiga suyak 
qalinlashadi.
2. Perixondral suyaklanish homila hayotining 8-haftasida 
me zenximadan hosil bo‘ladigan suyakning tog‘ay shakli paydo 
bo‘ladi. Tog‘ayni tashqi tomondan qoplagan tog‘ay usti parda-
sining ichki qavati yosh suyak hujayralari (osteoblastlarni) ho-
sil qiladi va gialin tog‘ayga aylanadi. Bu osteoblastlar
 ko‘payib, 
suyak qatlamini hosil qiladi va asta-sekin tog‘ay to‘qimaning 
o‘rnini egallab, suyakning zich (kompakt) moddasiga aylanadi.
3. Tog‘ay suyaklanib bo‘lgandan keyin tog‘ay usti pardasi suyak 
usti pardaga
 aylanadi. Keyingi davrlarda suyaklarni eniga o‘sishi 
(yo‘g‘onlashishi) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo‘ladi va 
suyaklanishning bu turi periostal suyaklanish
 deb ataladi.
4. Endoxondral suyaklanish tog‘aylar ichida tog‘ay usti parda-
si ishtirokida vujudga keladi. Tog‘ay usti pardasidan tog‘ay ichi-
ga qon tomirlar o‘sib kiradi va tog‘ay yemirila boshlaydi. Qon to-
mirlar bilan birga kirgan biriktiruvchi to‘qimadan osteoblastlar 
hosil bo‘ladi. Bu osteoblastlardan paydo bo‘lgan suyak nuqtasi 
tashqariga qarab o‘sib suyakni g‘ovak moddasini hosil qiladi. Bu 
xildagi suyaklanishda tog‘aylar to‘g‘ridan to‘g‘ri suyak moddasiga 
aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog‘ay o‘rnida vu judga keladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling