Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-rasm. Skeletning old tomondan ko‘rinishi
- 16-rasm. Skeletning orqa tomondan ko‘rinishi
Suyaklarning tuzilishi
Har bir suyak (os) alohida a’zodir. Suyak murakkab tuzilishga va kimyoviy tarkibga ega. Suyaklarning tuzilishida suyak to‘qima- si muhim ahamiyatga ega. U metalldek qattiqlikka ega bo‘lib, molekular massasi 1,93 (suv dan 2 barobar ko‘p). Tirik suyak to‘qimada yoki yangi ajra- tilgan suyakda 50 % suv, 28,15 % organik moddalar, jumladan 15,75 % yog‘ va 21,85 % no organik moddalar bor. Yog‘sizlanti- rib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xi- tin, muguz modda), 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa ohak o‘rta fosfati – 51,04 %, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va pishiq qilsa, organik moddalar uning elastikligini ta’minlaydi. 62 15-rasm. Skeletning old tomondan ko‘rinishi: 1–bosh skeleti; 2–umurtqa pog‘onasi; 3–qovurg‘alar; 4–yelka suyagi; 5–yonbosh suyagi; 6–bilak suyagi; 7–kaft usti soha suyaklari; 8–qo‘l kafti suyaklari; 9–quymich suyagi; 10–son suyagi; 11–tizza qopqog‘i; 12– kichik boldir suya- gi; 13–kaft usti soha suyaklari; 14–oyoq panjasi barmoq falangalari; 15–oyoq panjasi kaft suyaklari; 16–katta boldir suyagi; 17–qov suyagi; 18–dum suyagi; 19–dum g‘aza suyagi; 20–qo‘l kafti barmoq falangalari; 21–tir- sak suyagi; 22– to‘sh suyagi tanasi; 23–to‘sh suyagi dastasi; 24–o‘mrov suyagi. 16-rasm. Skeletning orqa tomondan ko‘rinishi: 1–bosh skeleti; 2–umurtqa pog‘anasi; 3–bilak suyagi; 4–tirsak suyagi; 5– kaft usti soha suyaklari; 6– qo‘l kafti barmoq falan- galari; 7–yonbosh suyagi; 8–quymich suya- gi; 9–son suyagi; 10–katta boldir suyagi; 11–oyoq panjasi kaft suyaklari; 12–kaft usti soha suyaklari; 13–oyoq panjasi barmoq fa- langalari; 14–kichik boldir suyagi; 15–qov suyagi; 16–dum suyagi; 17–qo‘l kafti bar- moq falangalari; 18–dumg‘aza suyagi; 19–qovurg‘alar; 20–yelka suyagi; 21–kurak suyagi; 22–o‘mrov suyagi. 63 Suyakda noorganik moddalarning miqdori yoshga qarab ko‘payib boradi, shuning uchun qari odamlarning suyagi nisbatan mo‘rt bo‘ladi. Bolalar suyagining elastikligi uning tarkibida organik moddalarning ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. Agar suyak kuchli kislotaga solinsa, mineral tuzlar erib, ossein moddasi qoladi, bunda suyak qattiqligini yo‘qotib elastik bo‘lib qoladi. Agar suyakni temir o‘qqa o‘rnatib yoqsak, organik moddalar yonib ketadi va suyakning elas- tikligi yo‘qoladi, bunday suyak tezda kulga aylanadi. Bulardan tashqari suyaklar tarkibida vitaminlar (A, D, C) ham bo‘ladi. Agar D vitamini yetishmasa suyakning mineral tar- kibi buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. A vitamini yetishma- sa, suyaklar yo‘g‘onlashib, suyak bo‘shliqlari va kanalchalari kat ta lashib ketadi. Suyakning tash qi qavati (17-rasm) kompakt mod dadan iborat bo‘lib, uning os tida g‘ovak modda joylashgan. Nay simon suyaklarning diafizida kompakt modda qalin, g‘ovak va yassi suyaklarda esa yupqa bo‘ladi. Suyakning kompakt mod- dasining asosini osteon hosil qi la di. Osteon osteon plastinkalari (qatlamlari) va kanalchalari hosil qiladi. Osteon kanalcha laridan qon tomir va nerv tolalari o‘tadi. Uning atrofini zich suyak qat- lami (kompakt) modda o‘ragan. Osteon qatlamlari orasini ora- liq moddalar to‘latib turadi, ular qattiq, ichida kollagen tolalari bor oqsil moddalardan iborat. Suyaklarning g‘ovak modda- si suyak to‘sinlari va ular o‘rtasi- da joylashgan katakchalardan ibo- rat bo‘ladi. Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi (18-rasm). Naysimon suyaklar qo‘l va oyoq skeletini hosil qilib, tayanch vazifasini bajaradi. Uzun naysi- mon suyaklar (yelka, bi lak, son va boldir suyaklari) va kalta nay- simon suyaklar (qo‘l, oyoq kafti va barmoq falangalari) tafovut qi- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling