Anatomiya 2014. indd
-rasm. Suyakning kompakt va
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
17-rasm. Suyakning kompakt va
g‘ovak moddasining tuzilishi: 1–zich modda; 2–tashqi aylan- ma qatlam; 3–ichki aylanma qat- lam; 4–osteon; 5–suyak usti par- dasi; 6– g‘ovak modda; 7–suyak trabekulasi; 8–oziqlantirish kanali; 9–qon tomirlar. 64 linadi. Naysimon suyaklarning o‘rta qismi – tanasi yoki diafizi si- lindr yoki uchburchak shaklida. Naysimon suyaklarning tanasi- da suyak iligi bo‘shlig‘i bo‘lib, ichida sariq ilik bo‘ladi. Ularning kengaygan uchi – epifiz deb ataladi. Unda qo‘shni suyak bilan birla shuvchi bo‘g‘im yuzasi bor bo‘lib, tashqi tomondan bo‘g‘im tog‘ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g‘ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi. Suyakni g‘ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to‘sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ili k joylashgan bo‘lib, qon ishlab chiqarish va himoya vazifasini ba- jaradi. Qizil ilik tarkibi retikula to‘qima va gemopoez elimentla- ri bo‘lgan miyeloid to‘qimadan iborat. Retikula to‘qimasi retiku- la hujayralari va tolalaridan iborat bo‘lib, uning qovuzloqlarida eritropoez, granulopoez va trombositopoez qatorlarining yosh va yetilgan elementlari joylashgan. Bu hujayralar qon bilan yuvi- lib butun organizmga tarqaladi. Homila va erta bolalik davrlari- da naysimon suyaklarning ilik bo‘shlig‘ida qizil ilik bo‘lib, ular- da yog‘ hujayralari bola tug‘ilganidan keyin (1–6 oylarda) paydo bo‘ladi. 4–5 yosh dan keyin naysimon suyaklar diafizida joylash- gan qizil ilik asta-sekin sariq ilikka aylana boshlaydi va 20–25 yoshlarda naysimon suyak ilik bo‘shlig‘i sariq ilik bilan to‘ladi. Diafizni epifiz ga o‘tish joyi metafiz deyiladi. Bu sohada zich modda yupqalashib kamayib boradi; metafiz g‘ovak tuzilishga ega. Bolalarda metefizda metaepifizar tog‘ay bo‘lib, suyakning bo‘yiga o‘sishi uni hisobiga bo‘ladi. Suyakning tashqi yuzasi tog‘ay bilan qoplangan bo‘g‘im yuza- sidan tashqari suyak usti pardasi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling