Anatomiya 2014. indd
-rasm. Bo‘g‘imlarning turlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana suyaklari va ularning birlashuvi Tana skeleti umurtqa pog‘onasi
- 22-rasm. Umurtqa ust tomondan ko‘rinishi
21-rasm. Bo‘g‘imlarning turlari:
А–sharsimon bo‘g‘im; B–kosasimon bo‘g‘im; D–g‘altaksimon bo‘g‘im; E–ellipssimon bo‘g‘im; F–silindrsimon bo‘g‘im; G–egarsimon bo‘g‘im. 72 Bu asosiy harakatlardan tashqari sharsimon bo‘g‘imlarda ay- lanma harakatlar ham bajariladi (yelka bo‘g‘imi). 1. Kosasimon bo‘g‘imda bo‘g‘im chuqurchasi chuqur bo‘lib, bo‘g‘im boshchasining yarmini o‘rab oladi (21- b rasm). Shun- ga ko‘ra kosasimon bo‘g‘im harakati biroz (chanoq-son bo‘g‘imi) chegaralangan. 2. Yassi bo‘g‘imning bo‘g‘im yuzalari yassi, biroz bukilgan bo‘lib, katta shar yuzasining bir qismiga o‘xshaydi. Ularda hara- kat uch o‘q atrofida bo‘lsa-da, bo‘g‘im yuzalari kichik bo‘lgani uchun chegaralangan bo‘ladi (umurtqalarning bo‘g‘im o‘siqcha- larining birlashuvi). Tana suyaklari va ularning birlashuvi Tana skeleti umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasidan iborat. Umurtqa pog‘onasi (columna vertebralis) 33–34 ta umurtqadan hosil bo‘ladi. Shundan 24 tasi erkin (7 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel) bo‘lib, 5 ta dumg‘aza umurtqalari o‘zaro birlashib, du- mg‘aza suyagini, 3–5 ta dum umurtqalari dum suyagini hosil qi- ladi. Umurtqa (vertebra) (22-rasm) tana va ravoqdan iborat. Umurt qa tanasi oldinga qaragan bo‘lib, tayanch vazifasini baja- radi, u past ga tomon gavdaning og‘irligiga qarab kattalashib bo- radi. Umurtqa ravog‘i tananing orqasida joylashib, tana bilan ik- kita umurtqa ravog‘ining oyoqchalari vositasida birikib, umurt- qa teshigini hosil qiladi. Umurtqa teshiklari o‘zaro qo‘shilishidan umurtqa kanali hosil bo‘ladi. 22-rasm. Umurtqa ust tomondan ko‘rinishi: 1–umurtqa tanasi; 2–ustki qovurg‘a chu- qurchasi; 3–umurtqaning ustki kemti- gi; 4–ustki bo‘g‘im yuzasi; 5–ko‘nda- lang o‘simtaning qovurg‘a chuqurchasi; 6–ko‘n dalang o‘siqcha; 7– umurtqa ravo- g‘i; 8–o‘tkir qirrali o‘siqcha; 9–umurt qa teshigi; 10–ustki bo‘g‘im o‘siqchasi; 11–umurtqa ravog‘ining oyoqchasi. 73 Tananing ravoqqa qaragan yuzasi bukilgan bo‘lib, unda qon tomirlar o‘tadigan oziqlantiruvchi teshik bor. Umurtqa ravog‘ida mu shaklar birikadigan o‘siqchalar bor. Orqada o‘rta chiziqdan toq o‘tkir qirrali o‘siqcha chiqadi. Frontal sathda yon tomonga yo‘nalgan juft ko‘ndalang o‘siq- cha joylashgan. Umurtqa ravog‘ining tanaga yaqin qismida yuqo- riga yo‘ nalgan ustki bo‘g‘im o‘siqchasi va pastga yo‘nalgan pastki bo‘g‘im o‘siqchasi joylashadi. Ularning har birida ustki va pastki bo‘ g‘im yuzalari bo‘lib, qo‘shni umurt qalar bilan bo‘g‘im hosil qi- ladi. Ustki va pastki bo‘ g‘im o‘siqchalarining asosi bilan umurtqa tanasi o‘rtasida umurtqaning ustki va pastki kemtiklari bor. Pastki umurtqa kemtigi nis batan chuqurroq. Umurt qalar o‘zaro birlashganida ustki va pastki kemtiklar o‘ng va chap to- monda umurtqalararo teshikni hosil qiladi. Bu teshiklar orqali or- qa miya nerv lari va qon tomirlar o‘tadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling