Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘g‘imlarning tasniflanishi
20-rasm. Bo‘g‘imning
tuzilishi chizmasi: 1–sinovial parda; 2–bo‘g‘im yorig‘i; 3–bo‘g‘im bo‘shlig‘i; 4–suyak; 5–bo‘g‘im tog‘ayi; 6–suyak usti pardasi. 70 Bo‘g‘imlarning tasniflanishi Bo‘g‘imlarning harakati bo‘g‘im yuzalarining tuzilishi- ga (shakli, o‘l chami, bukilganligi) qarab turli xil o‘qlar atrofida bo‘ladi. Orga nizmda bo‘g‘imlarning harakati frontal, sagittal va bo‘ylama o‘q atrofida bajariladi. 1. Frontal (ko‘ndalang) o‘q atro- fida faqat bukish va yozish mumkin. 2. Sagittal (oldindan orqa- ga ketgan) o‘q atrofida tanaga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish harakati bajariladi. 3. Suyak o‘zining bo‘ylama o‘qi atrofida ich- kariga va tashqariga buriladi. 4. Doira hosil qilib aylanish, bun- da suyakning erkin uchi birin-ketin barcha o‘qlar atrofida hara- kat qiladi. Bo‘g‘imlarda harakat haj mi suyaklar bo‘g‘im yuzala- rining shakliga, bo‘g‘im xaltasining keng yoki torligiga, bo‘g‘im atrofidagi boylamlar, paylar va mushaklarning soni va faoliyati- ga bog‘liq. Bo‘g‘imlar bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak yuza- lari soniga qarab: oddiy bo‘g‘im faqat ikkita suyak yuzasidan hosil bo‘lgan va murakkab bo‘g‘im uch va undan ortiq bo‘g‘im yuza sidan tashkil topgan bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Bundan tashqa- ri kompleks bo‘g‘imlar va hamkor bo‘g‘imlar tafovut qilinadi. Kompleks bo‘g‘imda bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida tog‘ay plastinkasi bo‘ladi. Hamkor bo‘g‘imda tuzilishi bir xil bo‘lgan ikki alohida bo‘g‘im bir vaqtda bir xil faoliyatni bajaradi (o‘ng va chap chak- ka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari). Bo‘g‘imlar harakat o‘qining soniga qarab bir o‘qli; ikki o‘qli va ko‘p o‘qli bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Bir o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etayotgan suyaklar uchining bir-biriga mos kelishiga qarab uch turga bo‘linadi: 1. Silindrik bo‘g‘imda suyaklardan birining uchi silindr shakli- da bo‘lsa, ikkinchisida shunga mos kemtik bo‘ladi (proksimal va distal bilak-tirsak bo‘g‘imi). Bunday bo‘g‘imning o‘qi suyakning uzunasi bo‘ylab o‘tgani uchun shu o‘q atrofida ichkariga yoki tash qariga buraladi (21- f rasm). 2. G‘altaksimon bo‘g‘imda bo‘g‘im hosil qiluvchi suyaklar- dan birining uchi g‘altak shaklida, ikkinchisining uchi esa shun- ga mos kemtik (barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘im) bo‘la- di (21- d rasm). Bunday bo‘g‘imda frontal sathda joylashgan ko‘ndalang o‘q atrofida bukish Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling