Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yallig‘lanish jarayonlarini ifodalash
Proliferatsiya
Yallig‘lanish o‘chog‘ida hujayralarning ko‘payishi alteratsita va ekssudatsiya bilan deyarli bir vaqtda kuzatiladi. Yuqorida ay- tib o‘tilgandek, hujayralar parchalanganda va moddalar almashi- nuvi bu zilganda hosil bo‘ladigan ba’zi moddalar hujayralarning ko‘payi shini rag‘batlantiradi. Proliferatsiya hodisasi asosan qon va limfa to mirlari hamda kapillyarlarni qoplab turadigan endote- liy hujayralari ga, adventitsial va retikulyar hujayralarga tegishli- dir. Yallig‘lanish vaqtida bu hujayralar bo‘kib, yumaloq shaklga kiradi va ko‘payadi. Bunda ular harakatchan bo‘lib qoladi. To‘qi- ma hujayralaridan paydo bo‘lgan adashgan hujayralar, leykosit- lar kabi, fagositoz xususiyatiga ega. Shu xususiyati tufayli ularni 46 makro faglar yoki gistiositlar deb ataladi. Shunday qilib, fagosi- tozlarning bir qismi emirgatsiya mahsulotlari bo‘lmay, balki o‘z joyida hosil bo‘ladi. Yallig‘lanish vaqtida biriktiruvchi to‘qima hujayralari ham ko‘ payadi, ammo fagositozda qatnashmaydi. Ularning ko‘payishi biriktiruvchi tolali tarkibning hosil bo‘lishi bilan birga bora- di. Bularning hammasi tomirlarning o‘sishi bilan birgalikda yallig‘lanish dan so‘ng yuz beruvchi to‘qimalarning tiklanish ja- rayoni, ya’ni regeneratsiyaning asosini tashkil qiladi. Yangidan hosil bo‘lgan yosh, tomir larga boy granulyatsion to‘qima o‘sa bo- rib, asta-sekin yallig‘lanish o‘chog‘i bilan sog‘lom to‘qima o‘rta- sida to‘siq hosil qiladi, so‘ngra o‘lgan to‘qima o‘rnini egallab, hosil bo‘lgan kamchilikni to‘ldiradi. Yallig‘lanish vaqtida mazkur to‘qimaning spetsifik hujayra elementlari ko‘payishini ham kuza- tish mumkin. Ammo bu ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Yallig‘lanish jarayonlarini ifodalash Yallig‘lanish jarayonini ifodalovchi atamalarni, yallig‘la- nish mav jud bo‘lgan a’zoning lotincha yoki grekcha nomiga «it» qo‘shimchasini qo‘shib tuzish qabul qilingan. Masalan, plevraning yallig‘lanishi – plev rit, buyrakning yallig‘lanishi – nefrit, chuval- changsimon o‘sim taning yallig‘lanishi – appendisit va hokazo. Organizmning tashqi qavati yallig‘langanda, uning yallig‘lani- shini ifodalovchi terminga «peri» yuklamasi, a’zoni o‘rab olgan bi- riktiruvchi to‘qimaga yallig‘langanda «para» yuklamasi qo‘shiladi. Chunonchi, taloq kapsulasining yallig‘lanishida perisplenit, buyrak atrofidagi kletchatkaning yallig‘lanishida – paranefrit haqida gap boradi. Ba’zi a’zolarning yallig‘lanishi maxsus nomga ega. Masalan, tomoq ning yallig‘lanishi – angina, o‘pkaning yallig‘lanishi – pnevmoniya. Organizm bo‘shliqlarining yallig‘lanib, ularda yi- ring to‘planishi empiema, soch follikulasining atrofidagi moy bezi bilan birga yallig‘lanishi – furunkul, chipqon deb, furu- nkullarning bir-biriga qo‘shilib ketgan guruhi – karbunkul deb ataladi. Kletchatkaning yiringli diffuz yallig‘lanishi flegmona, yiring li chegaralangan bo‘shliq hosil bo‘lishi – abssess, fasod modda deb yuritiladi. Turli xil sifatlar yallig‘lanish xarakteri yoki patogenizini aniq- 47 lash ga yordam beradi. Masalan, yiringli nefrit, ekssudatsiv plev- rit, kazeoz pnev moniya, metastatik abssess, sil meningiti, gipo- statik pnev moniya va hokazo. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling