Anatomiya 2014. indd


KASALLIK HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT VA


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   422
Bog'liq
True

KASALLIK HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT VA
ASOSIY PATOLOGIK JARAYONLAR
Kasallik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki uning xarakte-
rini aniq lash va bemorga yordam berish uchun biror kasallikning 
yuzaga kelish sabablari va bunda odam organizmida ro‘y beradi-
gan o‘zgarishlar xarakteri haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish lo-
zim. Bu bilan birgalikda kasallik qanday oqibatlarga olib kelishi 
mumkinligini ham bilish zarur.
Kasallik haqida umumiy tushuncha
Оdam organizmi hamma vaqt tashqi muhitning turli ta’sirlari 
ostida bo‘ladi. Organizm hayot faoliyati jarayonida tashqi muhit 
ta’sirlariga moslashadi. Ularning ko‘pchiligi organizmning normal 
reaksiyalari uchun zarur bo‘lib qoladi. Tirik organizm g‘ayritabiiy 
ta’sirotlarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatiga ega. Organizm-
ning himoya moslanishlari hamma vaqt ham o‘z vazifasini udda-
lay olmaydi va ta’sirotlarning zararli ta’sirini yenga olmay qoladi. 
Bunday holatlarda organizmning funksiyalari izdan chiqib, mor-
fologik strukturalarining buzilishi yuzaga keladi va odam kasalla-
nadi. Kasallikni aniq va batafsil ta’riflab berish oson emas.
Sog‘lom odamda turli sharoitda organizm funksiyalari keskin 
o‘zgarishi mumkin. Jismoniy zo‘riqishda – ish yoki sport mash-
g‘ulotlarini bajarish vaqtida hamma vaqt puls va nafas tezla-
shadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Bu normal holat, un-
da organizm ning normal funksiyalarining idora qiluvchi mosla-
shuv mexanizmlari harakatga keladi. Shuni aytish kerakki, normal 
holatni patologiyadan farqlash hamma vaqt ham oson bo‘lmay-
di, chunonchi, ovqat dan so‘ng oshqozon bezlari sekretsiyasining 
kuchayishi – normal hol. Ovqat iste’mol qilishga bog‘liq bo‘lma-
gan gipersekretsiya esa kasallikdan bo‘lishi mumkin va bu pato-
logiya deb hisoblanadi. Bevaqt kelgan yoki vaqtida kelib odatda-
gidan ko‘ra ko‘p hayz qonni kelishi patologiyadir. Ayollarda so-
qol, mo‘ylovning yoki erkakcha ovozning paydo bo‘lishi, shuning-
dek, erkaklarda sut bezining kattalashishi ham patologiyaga kira-
di. Muntazam mashq qilgan, gim nastika uning uchun odatga ay-
langan odamda mashqni bajarish vaq tida halloslash patologik ho-
lat hisoblanadi, ammo muntazam ma shq qilmagan odam uchun 


36
bu xildagi mashqni bajarish vaqtida halloslash – normal holatdir. 
Ma’lumki kasallik uchun xos bo‘lgan belgilar yig‘indisi simpto-
mokompleks yoki sindrom deb ataladi, ammo hat to ma’lum bir 
sindrom mavjud bo‘lganda ham kasallik xarakterini hamma vaqt 
aniqlab bo‘lmaydi.
Simptomlar hamda sindromlarni bilish va o‘rganish kasallik 
tash xisiga yordam beradi. Kasallik – dinamik holatdir. Odam or-
ganizmi bir xil patogen mikrobga har xil reaksiya berishi mum-
kin. Shunday qilib, kasallikka organizm normal hayot faoliyati-
ning buzilishi, uning tashqi muhitga moslashishining pasayishi
mehnat qobiliyatining chegaralanishi bilan kechadigan organizm-
ning tashqi muhitda gi zararli ta’sirotlarga ko‘rsatadigan reaksiya-
si deb qarash kerak.
Kasallikning kechishida tibbiyot xodimini kasalning psixika-
siga ta’siri alohida ahamiyatga ega. G‘amxo‘r, iltifotli, jonkuyar 
bo‘lish shirinsuxanlik kasallikning kechishi va oqibatiga samarali 
ta’sir etadi va davolashda ko‘pincha, muhim rol o‘ynaydi.
Tibbiyot xodimining xatti-harakati bemorga zararli ta’sir etishi 
mumkin. Bunday misollar ma’lum. Hatto yatrogen deb ataladi-
gan kasalliklar guruhi ham mavjud. Bu kasalliklar ishontirish na-
tijasida vujudga keladi. Biz oddiy kasal organizm bilangina emas
balki kasal odam bilan ish ko‘ramiz va kasallikni emas, balki ka-
sal odamni davolash kerakligini hisobga olishimiz lozim.
Kasallikning kechishida quyidagi davrlar tafovut qilinadi:
1. Yashirin yoki latent davr.
2. Prodromal davr.
3. Kasallik belgilarining ro‘yi-rost namoyon bo‘lish davri.
4. Kasallikning tugallanishi yoki oqibati. 
1. Yashirin yoki latent davr, yuqumli kasalliklarda esa inku-
ba tsion davr – bu kasallik paydo qiladigan agent ta’sirining bosh-
lanish dan to kasallik holatlari ya’ni kasallikning dastlabki belgi-
lari paydo bo‘lishigacha o‘tgan vaqt. Yashirin davr – organizm-
ning zararli agent ta’siriga qarshiligi, kasallik paydo qiladigan 
ta’sirotga nisbatan ma’lum bir javob reaksiyalarini tayyorlashga 
ketgan vaqt bilan belgilanadi. Kuchli zaharlar ta’siridan so‘ng, 
shuningdek, shikastlanish vaqtida patologik o‘zgarish lar deyar-
li o‘sha ondayoq paydo bo‘ladi. Biroq ko‘p kasalliklarda yashi-
rin davr ancha uzoqroq davom etadi va birnecha minutdan tor-
tib, birnecha oygacha, hatto yillab davom etishi mumkin. Bar-


37
cha yuqumli kasalliklar ma’lum yashirin davr ga ega. Masalan, 
skarlatinada inkubatsion davr 2 kundan 6 kungacha, bo‘g‘ma-
da – 2 kundan 7 kungacha, grippda – 24 soat dan 36 soat gacha, 
quturish da 12 kundan bir yilgacha davom etadi. Kasal likning la-
tent dav ridan ba’zi kasalliklarning latent shakllarini farq qilish 
lozim, bunda kasallik klinik belgilarsiz kechadi va faqat odam 
organiz mida talaygina o‘zgarishlar sodir bo‘lgandagina yoki ta-
sodifan bilib olinadi.
2. Prodromal davr kasallikning dastlabki, odatda, ro‘yi-rost 
bo‘l magan va hali mazkur kasallik uchun xarakterli bo‘lmagan 
belgilarining paydo bo‘lishidan boshlanadi. Yuqumli kasalliklar, 
ko‘pincha, noaniq belgilar: holsizlik, bosh og‘rig‘i, ishtaha yo‘qo-
lishi, haroratning bir oz ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Ba’zan ka-
sallik uchun xarakterli belgilar paydo bo‘ladi. Masalan, qizamiqda 
hali tipik toshmalar paydo bo‘lmasdan oldin og‘iz bo‘shlig‘ining 
shilliq pardasida mayda oqimtir dog‘lar paydo bo‘ladi.
3. Kasallik belgilarining ro‘yi-rost bilingan davri – prodro-
mal davr ketidan boshlanadi. Bu davrda kasallikni aniq belgilari 
paydo bo‘ladi. Masalan, gepatit kasalligida teri va shilliq parda-
lar sarg‘ayadi, jigar kattalashadi, axlat oqarib, siydik to‘q rangga 
kiradi. Bu davr u yoki bu darajada ma’lum xarakter va muddatga 
ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qizamiq, odatda, 8–10 kun, tepki, 
terlama 13–16 kun davom etadi. Ko‘pchilik kasalliklar kechish 
muddatiga ega emas va surunkasiga yillab davom etishi mumkin. 
Ba’zan kasallik yengil kechganida belgilarning bir qismi ko‘rin-
maydi. Bunday shakllar bilinmaydigan shakllar deb ataladi. Ka-
sallik kechishining abortiv shakllari ham bo‘lib, bunda kasallik-
ning hamma belgilari odatdagidan ko‘ra tezroq yo‘qolib ketadi.
Davom etishiga ko‘ra kasalliklar o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va 
surun kali turlarga bo‘linadi. O‘tkir kasalliklar, odatda, aniq bir 
muddatga va xarakterli kechish sikliga ega bo‘ladi. Ular, ko‘pin-
cha, birnecha kundan birnecha haftagacha davom etadi. O‘rtacha 
o‘tkir kasalliklar unchalik aniq kechish sikliga ega bo‘lmaydi va 
birnecha oygacha davom etadi. Surunkali kasalliklar, ko‘pincha, 
yillab davom etadi. Kasallikning odatdagi kechishi asorat natijasi-
da o‘zgarishi ham mumkin.
Asorat deb asosiy kasallikning ko‘ngilsiz kechish turiga ayti-
ladi. Bunda kasallikning asosiy belgilariga mazkur kasallik uchun 
xos bo‘l magan boshqa o‘zgarishlar qo‘shiladi. Ba’zan ich terlama 


38
bilan og‘rigan bemorda quloq oldi bezi chiqaruv nayining tiqi-
lib qolishi natijasida, shu bezning yallig‘lanishi yoki ko‘pchi-
lik yuqumli kasalliklar asorati hisoblanadigan o‘pka yallig‘lanishi 
bunga misol bo‘ladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling