Anatomiya 2014. indd


Yallig‘lanishda to‘qimalardagi o‘zgarishlar


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   422
Bog'liq
True

Yallig‘lanishda to‘qimalardagi o‘zgarishlar
Yallig‘lanishda to‘qimalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqi-
dagi tasavvurni faqat mikroskopik tekshiruvlardagina olish mum-
kin. Bu o‘zgarishlar yallig‘lanish reaksiyasi jarayonlariga ketma-
ket qo‘shilib boradigan arteriya qon aylanishining ekssudatsiya va 
proleferatsiya bilan buzilishidan iboratdir.
Alteratsiya
Alteratsiya – to‘qimaning shikastlanishi – zararli agentning 
to‘qimaga tekkan joyida eng kuchli bo‘ladi. To‘qimaning shikast-
lanishi zararli agentning to‘qimaga bevosita ta’sir etishidan vujud-
ga kelishi mumkin.
Shikastlanishning boshlarida moddalar almashinuvi buziladi, u 
hujayra funksiyasining buzilishi bilan chegaralanishi mumkin yoki 
ularda distrofik o‘zgarishlarga va nekrozga olib keladi.
Moddalar almashinuvining buzilishi yallig‘lanish o‘chog‘i-
ning mar kaziy qismida moddalar almashinuvining kamayishi va 
pereferiya bo‘ylab moddalar almashinuv jarayonlarining keskin 
kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi. Moddalar almashinuvining 
buzilishi osmotik bosimning oshishiga, oqsillarning parchala-
nishi esa onkotik bosimning ko‘tarilishiga olib keladi. Bu ikkala 


44
faktor suyuqlikning tutilib qolishi, uning yallig‘lanish o‘chog‘iga 
oqib kelishiga imkon beradi va yallig‘lanishning keyingi fazasi – 
ekssudatsiyaning asosida yotadi. Shunday qilib, alteratsiya faqat 
ekssudatsiya uchun emas, balki proliferatsiya uchun ham zamin 
tayyorlaydi.
Ekssudatsiya
Qon aylanishining buzilishi va ekssudatsiya yallig‘lanish ja-
rayonining ikkinchi tarkibiy qismidir. Shuni nazarda tutish ke-
rakki, yallig‘lanish avj olganda alteratsiya, ekssudatsiya va proli-
feratsiya bir vaqtda ro‘y beradi. Yallig‘lanish sohasida qon ayla-
nishining buzilishi kasallik tug‘diruvchi ta’sirotga javoban reflek-
tor ravishda rivojlanadi. Avval tomir toraytiruvchi nervlar ta’sir-
lanishining natijasi sifati da tomirlarning qisqa muddatli spazma-
si paydo bo‘ladi. Spaz ma ketidan kapillyarlar va arteriolalarning 
kengayishi ro‘y berib, yallig‘langan o‘choqqa qon oqib kelishi ku-
chayadi – arterial giperemiya vujudga keladi. Qon oqib kelishi-
ning kuchayishi yallig‘lanishning ikki asosiy belgisini: qizarish va 
haroratning ko‘tarilishini paydo qiladi. Haroratning ko‘tarilishiga 
moddalar almashinuvining kuchayishiga ham imkon beradi. Yal-
lig‘lanishning keyingi davrida qon oqimining buzilishi kuchayadi, 
arterial giperemiya qonning turg‘unligi, hatto qon oqimining bu-
tunlay to‘xtab qolishi – staz bilan almashinadi. Qon oqimining 
borgan sari sekinlashib borishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
1. Tomirlarning nerv – mushak apparatini falajlanishi va ular to-
nusining pasayishi.
2. Yallig‘lanish sohasida suyuqlikning bir qismini tomirdan tash-
qariga chiqishi natijasida qonning quyuqlashishi va yopishqoqligi-
ning ortishi ro‘y beradi.
3. To‘qimalarning borgan sari shishib borishi tufayli mayda ve-
nalarning qisman ezilishidan kelib chiqadigan qon oqimiga mexanik 
qarshilik hosil bo‘lishi.
4. Yallig‘lanish o‘chog‘ida tromblar hosil bo‘lishi va tomirlarning 
tiqilib qolishi.
5. Tomirning kengayishi tufayli qon tomirlar o‘zani ko‘ndalang 
kesmasi sathining kattalanishi.
Yallig‘lanishda qon tomirlaridan to‘qimaga chiqadigan suyuq-
lik ekssudat yoki yallig‘lanish suyuqigi deb ataladi. U shishda-


45
gi suyuq lik – transsudatdan oqsilni ko‘proq tutishi va unda qon 
hujayralarining bo‘lishi bilan farq qiladi. Bu – tomirlar devo-
ri o‘tkazuvchanligining ortishi tufayli to‘qima suyuqligidan tash-
qari, tomirlardan oqsillar va shaklli elementlar ham chiqishiga 
bog‘liq. Mana shu hol ekssudat va transsudatlar hosil bo‘lishidagi 
farqni belgilaydi, chunki shishlar paydo bo‘lishi, odatda, tomirlar 
devorining o‘tkazuvchanligi buzilmaganda ro‘y beradi. Ekssudat-
da 5–8 %, transsudatda esa 0,3 % atrofida oqsil bo‘ladi.
Leykositlarning tomirlardan to‘qimaga chiqishi kapillyarlar va 
mayda venalar orqali ro‘y beradi. Qon o‘zanining kengayishi va 
qon oqimining sekinlashishi leykositlarning tomirlar devori orqali 
chi qishiga imkon beradi. Qon tez oqqanda, uning shaklli element-
lari tomir markazida plazma qatlami bilan o‘ralgan holda harakat 
qiladi. Oqim sekinlashganda leykositlar devor bo‘ylab joylashadi, 
bu esa ularning tomir devorlari orqali chiqishini yengillashtiradi.
Chetlab turishdan bir oz vaqt o‘tgach leykositlar tomirlar de-
vori orqali to‘qimaga o‘ta boshlaydi. Bunda leykositlar o‘z shakli-
ni o‘z gartiradi va ularda xuddi amyobadagiga o‘xshab tomirlar de-
vorini teshib chiqadigan protaplazmatik o‘siqchalar hosil bo‘ladi.
Ekssudatsiya yallig‘lanish o‘chog‘ida uni infiltrlovchi hujayra-
larning ko‘p miqdorda to‘planishiga olib keladi. Tarang va qattiq 
hujayralarga boy o‘choq yallig‘lanish infiltrati deb ataladi. To‘qi-
malarda to‘plangan ekssudat yallig‘langan joyining bo‘rtishiga sa-
bab bo‘ladi. To‘qimalarning tarangligi nerv oxirlarini ta’sirlab, 
og‘riq sezgisini paydo qiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling