Anatomiya 2014. indd
O‘SMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘smalar tuzilishining xususiyatlari
O‘SMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
O‘smalar, blastomalar, yangi hosil bo‘lgan tuzilmalar – bir patologik jarayonning, o‘smali deb ataluvchi kasallikning sino- nimlaridir. O‘smalar odamning ko‘p uchraydigan kasalliklaridan biri. O‘lim ning sabablari orasida xavfli o‘smalar deb ataluvchi o‘smalar birinchi o‘rinlardan birida turadi. Bu birinchi navbatda xavfli o‘smalarning eng ko‘p uchraydigan shakli – «rak«ka taal- luqlidir. Patologoanatomik tajriba hozir shuni ko‘rsatadiki, 40 dan yuqori yoshda vafot etgan har 6–7 odamdan birining o‘limi- ga xavfli o‘sma sabab bo‘lar ekan. O‘sma to‘qimaning asosan mahalliy o‘sib ketishi bilan ifo- dalanuv chi patologik jarayondir. O‘smalar, odatda, moslashish va himoya reaksiyalari sifatida rivojlanadigan patologik jarayonlar- dan farq qiladi. O‘smalar hech qachon na moslashish, na himoya mohiyatiga ega bo‘lmaydi. «O‘sma» tushunchasining qisqa va to‘liq ta’rifini berish ju- da qiyin. Taxminan uni shunday ta’riflash mumkin: o‘sma – bu organizm bilan buzilgan munosabatlar sharoitida va atipik bo‘lib qolgan hujayralardan tashkil topgan to‘qimaning patologik o‘sib ketishidir. O‘smani keltirib chiqaradigan moddalar kanserogen moddalar deb ataladi. Ularga neft mah sulotlari: asfalt, benzin, kerosin, smola, sham, radiatsiya, rentgen nurlari, tutun va bosh- qalar kiradi. O‘smalarning xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, profilak- tikasi va davosini maxsus fan – onkologiya o‘rganadi. O‘smalar tuzilishining xususiyatlari O‘sma boshqa patologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan to‘qimalardan o‘zgargan yoki noto‘g‘ri embrional rivojlanish so- dir bo‘lgan qismlardan o‘sa boshlaydi. O‘smali jarayonlar ko‘p bosh lanadigan o‘zgargan bunday qismlarni «o‘smadan oldingi» yoki «rakdan oldingi» qismlar deb ataladi. Avval o‘sma kurtagi so‘ngra o‘sma hosil bo‘ladi. U hujayralarning kariokinetik hamda to‘g‘ri bo‘linishi yo‘li bilan chegarasiz o‘sib ketaveradi. 48 O‘smalar turli-tuman tuzilishga ega, ammo umuman olgan- da, o‘sma o‘zi kelib chiqqan to‘qimani u yoki bu darajada es- latib turadi. Har bir o‘smada parenhima, ya’ni o‘smaning o‘z, spetsifik to‘qimasini va tomirlar hamda nervlari bo‘lgan birik- tiruvchi to‘qima elementlarini tafovut qilish mumkin. O‘sma- ning mo‘tadil to‘qimadan farqi, o‘smada parenhima bilan bi- riktiruvchi to‘qima elementlarining noto‘g‘ri nisbatda bo‘lishida, o‘smaning tuzilish atipizmasidadir. To‘qima va hujayra atipizma- si tafovut etiladi. To‘qima atepizmasi o‘sma tarkibiy elementla- rining noto‘g‘ri nisbatida namoyon bo‘ladi. Har bir normal a’zo- ning istalgan to‘qimasi muayyan tuzilishga ega: bezlar bo‘lakcha- lardan tuzilgan, har bir bo‘lakchadan bir-biri bilan qo‘shilib ke- tadigan va umumiy chiqaruv nayini hosil qiladigan bez naychala- ri boshlanadi, mushaklar ma’lum yo‘nalishda boradigan va paylar bilan birikadigan mushak tutamlariga birlashgan tolalar guruhi- dan tuzilgan: qon tomirlar har bir a’zo uchun xarakterli bo‘lgan aniq tuzilgan to‘rni hosil qiladi. Hujayra atipizmi o‘sma parenximasining hujayralariga taalluq- li bo‘lib, hujayralar, ayniqsa, yadrolarning o‘lchami va shakllari- ning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. O‘smaning hujayralari va ya- drolari shakli va o‘lchami bo‘yicha haddan tashqari turlicha – po- limorf bo‘ ladi. Ko‘pincha, o‘sma hujayralarida oqsil donalari, yog‘ tomchilari, glikogen va hokazo ko‘rinishidagi turli-tuman kiritma- lar topiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling