249
sigacha davom etadi.
Dahliz burmasi
hiqildoqning yon devorida
joylashgan bo‘lib, uning o‘rtasida dahliz tirqishi
joylashgan. Dah-
lizning oldingi devorini shilliq parda bilan
qoplangan hiqildoq usti
tog‘ayi, orqa devorini cho‘michsimon tog‘aylar hosil qiladi.
Hiqildoqning o‘rta toraygan qorinchalararo qismi murakkab
tuzilgan. Uni yuqoridan va pastdan hiqildoqning yon devorida
joy lashgan shilliq pardadan hosil bo‘lgan
juft burmalar chegara-
lab turadi. Yuqorigi dahliz burmasi o‘rtasida nisbatan keng dah-
liz tirqishi,
pastki ovoz burmasi
kuchli rivojlangan bo‘lib, ichida
ovoz mushagi va boylami bor. O‘ng va chap ovoz burmalari o‘rta-
sida hiqildoqning eng tor joyi ovoz tirqishi joylashgan. Unda ik-
ki: oldingi ovoz boylamlari o‘rtasidagi
katta pardalararo qismi va
cho‘michsimon tog‘ay asosi o‘rtasidagi kichik tog‘aylararo qismi
tafovut qilinadi. Ovoz tirqishining uzunligi erkaklarda 20–24 mm,
ayollarda 16–19 mm.
Uning pardalararo qismi erkaklarda 15 mm, ayollarda 12 mm.
Ovoz tirqishining kengligi tinch nafas olganda 5 mm, tovush ho-
sil bo‘lganida 15 mm bo‘ladi. Hiqildoqning
yon devorida dahliz
burmasi bilan ovoz burmasi o‘rtasida botiqlik, hiqildoq qorincha-
lari bor.
Hiqildoqning pastki ovoz boylamlari ostidagi bo‘shliq
sekin-
asta kengayib, kekirdakka o‘tib ketadi. Hiqildoqning shilliq par-
dasi ko‘p qa tor li silindrik
epiteliy bilan qoplangan, pushti rang-
da bo‘lib, dahliz burmasi va qorinchalar sohasida shilliq bezlari
ko‘p bo‘ladi. Ularning suyuq ligi ovoz burmalarini namlab turadi.
128-rasm. Hiqildoq bo‘shlig‘ining
Do'stlaringiz bilan baham: