Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash


Download 32.4 Kb.
bet16/16
Sana26.12.2021
Hajmi32.4 Kb.
#183115
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
анатомия

ORQA MUSKULLARI

Orqa muskullari ensa bilan yonbosh suyagi sohasida qavat-qavat bo’lib joylashgan. Ular asosan gavdani tik tutib turadi, gavda va Yelka kamari harakatida aktiv qatnashadi. Ba`zilari ko’krak muskullari bilan birgalikda kurakni qovurg’alarga birlashtiradi.

ORQANING YUZA  MUSKULLARI

Trapetsiyasimon muskul (m. trapezius) ensadan I bel umurtqalarigacha bo’lgan joyni egallaydigan noto’g’ri to’rtburchak shaklli serbar muskul plastinkadan iborat. Bu muskul tashqi ensa do’ngchasi va yuqorigi chiziqdan gardon payi va ko’krakning hamma umurtqalari o’tkir o’simtalaridan boshlanib, o’mrov suyagining akromial uchiga, kurak qirrasiga va akromial o’sig’iga birikadi. Bu muskul tolalari turli tomonga yo’nalgan bo’lib, har hil qismi turli vazifa bajaradi. Yuqori qismining tolalari bosh va boyinni orqaga tortadi yoki kurakning akromial o’sig’ini yuqoriga ko’taradi. O’rta qismining tolalari gorizontal yo’nalgan bo’lib, kurakni o’rta chiziqqa yaqinlashtiradi. Bu bilan u kurak ko’krak qafasining orqa yuzasi boylab siljishiga yordam beradi. Pastki qismining tolalari kurakni pastga tortadi. Muskulning hamma qismlari bir yo’la qisqarganda kuraklar bir-biriga yaqinlashadi.

Orqaning   keng   muskuli (m. latissimus dorsi) pastki 6 ta ko’krak va barcha bel umurtqalarining orqa o’sig’idan, dumg’azaning o’rta tojidan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan aponevroz bilan boshlanadi. Muskul tolalari esa pastki 4 ta qovurg’a ustidan boshlanib, Yelkaning kichik do’ngchasiga yassi pay yordamida birikadi, u qisqarganda Yelkani orqaga tortadi va ichkariga buradi. Orqa yuza muskullarining tagida katta-kichik rombsimon, kurakni ko’taruvchi orqadagi yuqorigi va pastki tishli muskullar joylashgan.

R o m b s i m o n   m u s k u l l a r  (m. m. rhomboideus major et minor) rombga o’xshaydi, ular trapetsiyasimon muskul tagida joylashgan. Ular pastki 2 ta boyin va yuqorigi 4 ta ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, kurakning medial chetiga birikadi. Bu muskullar kuraklarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularni biroz yuqoriga ko’taradi. Ba`zan ular kichik va katta rombsimon muskulga ajratiladi.

Kurakni    yuqoriga     ko’taruvchi    muskul (m. levator scapulae) boyinning 4 ta yuqorigi umurtqalari ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, pastga qarab qiya yo’naladi va kurakning yuqori-ichki burchagiga birikadi. U qisqarganda kurakni yuqoriga ko’taradi va o’rta chiziqqa yaqinlashtiradi.

Orqaning     yuqorigi   tishsimon     muskuli (m. serratus posterior superior) yapaloq va yupqa bo’lib, rombsimon muskul tagida joylashgan. U ikkita pastki boyin va ikkita yuqorigi ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtasidan boshlanib, tolalari pastga tomon qiya yo’naladi va to’rt tutam bo’lib, 2-5 yuqorigi qovurg’aning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda qovurg’alar   yuqoriga   ko’tariladi.

Orqaning pastki tishsimon muskuli (m. serratus posterior inferior) yuqorigi tishsimon muskul kabi yapaloq va yupqa bo’lib, orqannng keng muskuli tagida joylashadi. Ko’krakning ikkita pastki va belning ikkita yuqorigi umurtqasining o’tkir o’simtalaridan boshlanadi. Muskul tolalari yuqoriga qarab qiya yo’nalib, to’rtta tishi bilan pastki to’rtta qovurg’aning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul nafas chiqarish vaqtida qovurg’alarni pastga tushiradi.

Bosh va boyinning tasma muskuli (m. splenius capitiset cervicis) gardondagi uchburchak shaklli yapaloq muskul bo’lib, gardon bog’lag’ichi, ko’krak umurtqalarining yuqorigi 6 ta o’tkir o’sig’idan boshlanadi va yuqoriga qarab qiya yo’naladi, boyin umurtqalarining ikkita yuqorigi ko’ndalang o’simtalariga hamda chakka suyagining so’rg’ichsimon o’simtasiga birikadi. Bu muskul boyinning ikkinchi tomonidagi xuddi shunday muskul bilan bir vaqtda qisqarib, boshni orqaga egadi. Bir tomonlama qisqarganda, boshni yon tomonga qaratadi.

Dumg’aza-o’tkir o’simta muskuli (m. sacro-spinalie) yoki tanani rostlovchi muskul orqadagi eng baquvvat va eng uzun muskul bo’lib, uzunasiga yo’nalgan. Bu muskul dumg’azaning orqa yuzasidan va yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanadi. Bel umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlangan muskullar ham muskul tutamlariga qo’shiladi. Dumg’aza-o’tkir o’simta muskuli  dumg’azadan ensagacha davom etadi. Bu muskul tutamlari 3 gruppaga bo’linadi va 3 xil muskul deb ham yuritiladi: 1-tashqi yon tutam-yonbosh qovurg’a muskuli; 2 - o’rta tutam – orqaning eng uzun muskuli; 3 - ichki tutam – umurtqalarning o’tkir o’simtalarini bir-biriga tutashtiradigan  muskul.

Dumg’aza - o’tkir o’simta muskuli gavdani rostlab turadi. Gavdaning eng ichkarisida umurtqalarining turli o’simtalari orasida mayda muskullar joylashgan bo’lib, ular yon o’simtalar orasidagi, orqa o’simtalar orasidagi va yon o’simtalar bilan orqa o’simtalar orasidagi kalta muskullardir. Bu muskullar umurtqa pog’onasining har xil harakatida ishtirok etadi.


























Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling