Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash


Download 32.4 Kb.
bet9/16
Sana26.12.2021
Hajmi32.4 Kb.
#183115
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
анатомия

Bo’yin muskullari

Boyin muskullari boyinning  oldingi va yon tomonda bo’lib, kalla bilan gavda o’rtasida joylashgan. Boyinning orqa tomonida - ensa qismida joylashgan muskullar orqa muskullariga mansub, shuning uchun ular orqa muskullari bilan birga o’rganiladi. Boyin muskullari uzun bo’lib, orqadagi muskullar bilan chaynash muskullarining antagonisti hisoblanadi. Boyin muskullari yuza, boyinning oldingi tomonida joylashgan, yon tomonida joylashgan   va  chuqur   muskullarga bo’linadi. Boyinning yuza muskullariga teri osti va to’sh-o’mrov  so’rg’ichsimon     muskullar     kiradi

Teri   osti    muskuli    (m. platysma) teri ostida yupqa bo’lib joylashgan. Odamda bu muskul rudiment holda bo’ladi. Bu muskul ko’krak fastsiyasidan, deltasimon muskuldan boshlanib, xususiy chaynash muskulining fastsiyasiga va pastki jag’ga birikadi.

To’sh - o’mrov – so’rg’ichsimon muskul (m. sternocleido mastoi-deus) boyindagi eng kuchli muskul bo’lib, teri ostida sezilib turadi. Bu muskul to’sh suyagining dastasidan, o’mrov suyagining to’sh tomondagi uchidan 2 boshi bilan boshlanib, chakka suyagining so’rg’ichsimon o’simtasiga birikadi. Bir tomonlama qisqarganda kallani qiyshaytirib, bir tomonga bukadi, ikki tomonlama qisqarganda kallani orqaga tortadi.

Bo’yinning oldingi tomonidagi muskullar  til osti suyagiga nisbatan 2 gruppaga: til osti suyagi ustida joylashgan muskullar va til osti suyagi tagida joylashgan muskullarga bo’linadi. Bu muskullar boshlanish va birikish joyiga qarab nomlanadi. Til osti suyagi ustidagi muskullarga: 2 qorinli muskul, til osti pastki jag’ muskuli, til osti bigizsimon o’simtasi orasidagi muskul va til osti engak muskullari kiradi. Til osti suyagi tagidagi muskullarga: to’sh-til osti muskuli, kurak-til osti muskuli, to’sh-qalqonsimon muskuli va qalqonsimon til osti muskullari kiradi. Til osti suyagi ustida va tagida joylashgan muskullar qisqarganda, hiqildoq harakatlanadi, yutish, so’rish va nutq so’zlash funktsiyalari bajariladi.

         Boyinning yon tomonida narvonsimon muskul joylashgan. Bu muskul boyin umurtqalarining yon o’simtalaridan ketma-ket bo’lib boshlanib, birinchi va ikkinchi  qovurg’aga birikadi,  qisqarsa boyinni bukadi va nafas olishda qatnashadi. Bu muskulning oldingi, o’rta, keyingi to’dalari ajratiladi.

Boyinning chuqur muskullari boyin umurtqalari tanasiga yopishgan bo’lib, kalla asosiga birikadi. Bularga boshning, boyinning uzun muskullari va boshning oldingi, chetki to’g’ri muskullari kiradi.

Bosh muskullari

Bosh muskullari joylashishiga qarab ikkiga: miya qutisining muskullari va yuz muskullariga bo’linadi. Miya qutisining muskullariga: peshana, ensa, quloq, muskullari kiradi, ular odamda rudiment holda bo’ladi. Miya qutisi pishiq fibroz to’qimadan tuzilgan aponevroz pay bilan qoplangan. Yuz muskullari funktsiyasiga qarab ikkiga: chaynash muskullari bilan mimika muskullariga bo’linadi.

 

Chaynash muskullari

Chakka     muskuli (m. ternporalis) Yelpig’ich shaklda bo’lib, boshning yon tomonida joylashgan. U chakka chuqurligidan boshlanib, yonoq yoyi tagidan o’tadi va pastki jag’ning o’tkir o’simtasiga birikadi.

Xussiy     chaynash    muskuli (m. masseter) to’rtburchak shaklda bo’lib, yonoq yoyidan boshlanadi va pastki jag’ suyagining burchagiga tashqi tomondan birikadi.

Tashqi   qanotsimon  muskul (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning  qanotsimon  tanglay o’simtasidan boshlanib, pastki jag’ning bo’g’im o’simtasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda, pastki jag’ni bir oz oldinga chiqarib, yuqoriga ko’taradi.


Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling