Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash
Muskul tizimi: tuzilishi va funksiyasi haqida ma'lumotga ega bo'lish
Download 32.4 Kb.
|
анатомия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskul tizimi: tuzilishi va funksiyasi haqida malumotga ega bolish
Muskul tizimi: tuzilishi va funksiyasi haqida ma'lumotga ega bo'lish
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo’lib, ular katta odam tanasi og’irligining 45—50% ni tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, mehnat faoliyati, nutq, funktsiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik funktsiyalari muskullarning gruppa-gruppa bo’lib, reflektor harakati natijasida sodir bo’ladi. Muskullar tevarak-atrof muhitdagi turli ta`sirlarning sezgi organlariga ta`siri va bu ta`sirning markazga intiluvchn nervlar orqali bosh miyaga borib, u Yerdagi analiz-sintez protsessi natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bulardan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funktsional holatiga reflektor yo’l bilan ta`sir etadi. Muskullar harakatlanish organi bo’lib, muskul, nerv tolalari va biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan. Muskul to’qimasi ho’jayralardan tashkil topgan bo’lib, ho’jayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to’qimasi tuzilishi, va funktsiyasiga qarab, ko’ndalang-targ’il va silliq muskullarga bo’linadi. Ko’ndalang-targ’il muskullar, asosan, skelet muskullari bo’lib, silliq tolali muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul — muskul tolalarining yig’indisidan tuzilgan bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima yordamida o’zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Har qanday muskulning boshlanish qismi — boshi va birikish qismi-dumi bo’lib, keng tanasi, ya`ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo’g’imda harakat bajariladi. Muskullar - muskul tolalarining yo’nalishiga qarab: duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo’lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o’rab turishi mumkin. Fastsiya bilan paylar (bog’lag’ichlar) orasida harakatni Yengillashtiradigan sinoviy suyuqligi bo’ladi. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo’lishi mumkin. Uzun muskullar ko’proq, qo’l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta muskullar harakat qulochi kam bo’lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular qovurg’alar, umurtqalar orasida bo’ladi. Keng muskullar gavda atrofida joylashgan, masalan, ko’krak, qorin muskullari va boshqalar. Bularning muskul tolalari har tomonga yo’nalgan bo’lib, boshlanish, birikish joyida keng pay-aponevroz hosil bo’ladi. Yumaloq muskullar og’iz, ko’z atrofida uchraydi. Kalta-yo’gon muskullar baquvvat bo’lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi. Masalan, deltasimon dumba muskullari. Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi. Boshlanish, birikish joyiga ko’ra, masalan, Yelka-bilak muskuli, funktsiyasiga qarab chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo; boshiga qarab: 2 boshli, 3 boshli va hokazo; tuzilishiga qarab: yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga qarab: peshana, Yelka muskullari va hokazo; shakliga qarab: trapetsiyasimon, rombsyamon muskullar deb ataladi va hokazo.
Muskul tizimi: tuzilishi va funksiyasi haqida ma'lumotga ega bo'lish GAVDA MUSKULLARI Gavda muskullari joylashishiga qarab ko’krak qafasi, qorin va orqa muskullariga bo’linadi. Ko’krak qafasi muskullari ko’krak kafasining atrofida joylashgan bo’lib, yuza va chuqur muskullarga bo’linadi. KO’KRAKNING YUZA MUSKULLARI Download 32.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling