Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash
Download 32.4 Kb.
|
анатомия
Uzun suyaklar qo’l-oyoqda bo’ladi. Masalan, son, Yelka, bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo’lib, uchlari epifiz, tanasi diafiz deb ataladi.
Kalta suyaklar har xil shakldagi mayda suyaklar bo’lib, bularga kaft usti, tovon suyaklari va boshqalar kiradi. Yassi suyaklar serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo’lib, bularda suyaknnng g’ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko’krak qafasida va miya qutisida bo’ladi. Aralash suyaklar shaklsiz, har qaysi qismi har xil ko’rinishda bo’ladi. Bularga chakka suyagi, umurtqalar misol bo’ladi. Bulardan tashqari, skeletda bo’shliqlarida havo saqlanadigan pnevmatik suyaklar uchraydi. Masalan, kalla suyagidagi yuqorigi jag’, peshana suyagi va boshqalar ana shunday suyaklardir. Skeletda ba`zi mayda va erkin suyaklar bo’lib, ular seysmik suyaklar deb ataladi. Masalan, tizza qopqog’i suyaklari va boshqalar. Suyaklarning birikishi. Skelet suyaklari o’zaro hap xil usulda birikadi. Bu birikishni, asosan, 2 gruppaga: oraliqsiz — uzluksiz birikish, ya`ni sinartroz va oraliqli birikish, ya`ni diartrozga bo’lish mumkin. Sinartroz birikish qo’proq umurtqali hayvonlarda, diartroz birikish odamda, yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda uchraydi. Harakatchan bo’g’imlar bilan suyaklarning birikishi tarixiy taraqqiyot natijasida kelib chiqqan. Suyaklarning bir-biri bilan suyak modda yordamida birikishi sinastoz, tog’ay yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to’qima yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo’lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg’aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba`zi suyaklari, masalan, umurtqa pog’onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg’alar to’sh suyagiga uzluksiz tog’ay yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o’zaro biriktiruvchi parda yordamida birikadi. Kurak suyagi ko’krak qafasi suyaklariga muskul yordamida birikadi. [1]Suyak skeleti suyaklarning turli tuzilmalari va shakilaridan iborat.Katta yoshli odamda sklet 200 ta alohida suyaklardan tashkil topgan Ular tig’ay, tolali va synovial birlashmalar orqali bog’langan. Har bir suyak, tog’ay birlashma yuzalar va joylar qayi yumshoq paylar birikkan, birlashtiruvchi to’qima g’ilofi bilan o’ralgan xuddi paypoq kabi. Odam skeletidagi ko’p suyaklar oraliq bo’g’imlar hosil qilib birikadi. Bo’g’imda asosiy hisoblangan bo’g’im xaltachasi, birikish yuzasi va bo’shliq bo’ladi. Bo’g’im yuzasi gialin tog’ay bilan qoplangan bo’lib, bu tog’ay nerv va qon tomirlari bilan ta`minlangan. Bo’g’im xaltachasi suyak usti pardasining bo’g’im atrofida kengayishidan hosil bo’ladi. U 2 qavatdan: tashqi pishiq fibroz va ichki yumshoq sinoviy qavatdan tuzilgan bo’ladi. Sinoviy qavatda oqsil, yog’ tomchilari va turli tuzlarni o’zida saqlagan sinoviy bo’g’im moyi ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik harakat vaqtida bo’g’imlar yuzasini moylab, sirg’anishni Yengillashtiradi. Bo’g’imlarning ichi bo’sh bo’lib, unda manfiy bosim saqlanadi, ya`ni havo bo’lmaydi. Bu bosim bo’g’imlarning pishiqligini ta`minlovchi faktorlardan biridir. Ba`zi bo’g’imlar bo’shlig’ida pay (bog’lag’ich)lar, yaltiroq tog’aylar va muskul paylari bo’ladi. Bo’g’imlarning tashqi yuzasida ko’p miqdorda pishiq bog’lag’ich, muskul va paylar bo’lib, ular bo’g’imning mustahkamligini ta`minlaydi. Bo’g’imning turlari va ulardagi harakatlar. Bo’g’im yuzasining tuzilishiga qarab, bo’g’imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, tsilindrsimon, g’altaksimon bo’ladi. Bo’g’imlar shakliga va funktsiyasiga ko’ra, 1, 2, 3 o’qli bo’lishi mumkin. Bir o’qli bo’g’imlarga tsilindrsimon, g’altaksimon bo’g’imlar kiradi. Tsilindrsimon bo’g’im bilak - tirsak suyaklarining ikki uchida bo’lib, unda ichkariga va tashqariga burish harakati bo’ladi. o’altaksimon bo’g’im falangalar orasida, Yelka - tirsak suyaklari orasida bo’lib, bu bug’imlarda bukish-yozish harakatlari bo’ladi. Ikki o’qli bo’g’imlarga ellipssimon (atlant - ensa, bilak, qo’l panjasi bo’g’imlari), egarsimon (qo’l panjasidagi bosh barmoqning kaft suyagi orasidagi) bo’g’imlar misol bo’la oladi. Atlant - ensa bo’g’imida frontal o’q, atrofida bukish-yozish, sagital o’q atrofida chapga yoki ungga og’ish harakatlari bo’ladi. Bilak - qo’l panjasi bo’g’imida bukish-yozish va uzoqlashtirish – yaqinlashtirish, qo’l panjasidagi bosh barmoqni kaft suyagi orasidagi bo’g’imdan uzoqlashtirish-yaqinlashtirish va qarama-qarshi qoyish harakatlari bo’ladi. Uch o’qli bo’g’imlarga sharsimon, Yelka bo’g’imi, yong’oqsimon, tos-son bo’g’imi kiradi. Bu bo’g’imlarda frontal o’q atrofida bukish-yozish, sagital o’q atrofida uzoqlashtirish, vertikal o’q atrofida ichkariga va tashqariga burish harakatlari bo’ladi. Bularning yig’indisidan aylanma harakat, masalan, Yelka bug’imidagi harakatlar hosil bo’ladi. Tekis bo’g’imlarda siljish harakatlari juda kam, bularga tovon suyaklaridagi ba`zi birikishlar misol bo’ladi. Bo’g’imlarning yuqorida aytilgandek, xilma-xil bo’lib, turli harakatlar bajarishi bir necha ming yillar davomida odam mehnat qurollari bilan ishlashi tufayli kelib chiqqan. Bo’g’imning pishiqligi bo’g’im bo’shlig’idagi manfiy bosim, bo’g’im atrofidagi bo’g’im xaltachasi, bog’lag’ichlar va muskullarga bog’liq bo’ladi. Bo’g’imlarning chiqishi shu bo’g’imning tuzilishi va mustahkamligiga bog’liq. Noto’g’ri harakatlar vaqtida tazyiq ostida shikastlanishda bo’g’im yuzalari bir-biridan uzoqlashadi, ya`ni bo’g’im chiqadi. Bo’g’im chiqqanda qattiq og’riq seziladi. Harakatlar qiyinlashadi. Bunday vaqtda chiqqan joyni harakatsiz qilib bog’lab, tezlik bilan vrachga murojaat etish kerak. Odam skeleti asosan 3 gruppaga: gavda skeleti, qo’l-oyoq, skeleti va kalla skeletiga bo’lib o’rganiladi. [1].Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 116-bet Muskullarning tuzilishi. Download 32.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling