Anatomiya fanidan mustaqil ish


Download 1.37 Mb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1051740
1   2   3   4
Bog'liq
Anatomiya fanidan mustaqil ish

Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari ma'lurn vaqt davornida zarur bo'lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo'lni oldinga yoki yuqoriga ko'tarib turish, start oldi holati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uning yuqorida ko'rsatilgan zarur vaziyatlarda ma’lum vaqt saqlanishini ta’minlaydi.

Muskulning dinamik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari har xil harakatlarni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo.


Muskulning ishi maxsus asbob (ergograt) yordamida lentaga yozib olinadi va hosil bo'lgan chiziqlar ergogramma deb ataladi. Muskul ish bajarganda, undan energiya ajraladi va energiyaning 25-30% i ana shu bajarilayotgan ish uchun sarflanadi. Qolgan 70-75%i issiqlik energiyasi sifatida tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi, ortiqcha qismi teri va nafas chiqarish yo'li orqali tashqariga ajratiladi. Bu energiya ovqat tarkibidagi oqsil yog' va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanishi natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari, muskullarda zahira holda ATF, KF, glikogen kabi energiya beruvchi moddalar bo'lib, muskul ish bajarganda, ular parchalanib, energiya hosil qiladi. Jismoniy mehnat qiluvchilar, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanuvchilar muskullarida energiya manbai bo'lgan ATF, KF, glikogen kabi moddalarning zahira miqdori ko'p bo'ladi. Shuning uchun bunday odamlar jismoniy mashq bajarganda tez charchamaydi, chunki yuqorida ko'rsatilgan moddalar parchalanib, muskul ishi uchun zarur bo'lgan energiya bilan ta'minlaydi.
Muskulning dinamik ish bajarishi
Muskulning statik ish bajarishi
Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o'sishi, rivojlanishida, qad-qomatning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish natijasida muskul to'qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko'payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, jismoniy mashq bilan shug'ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (kapillyar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko'p bo'ladi. Bunday odamlarmuskullarining, qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi yaxshi bo'lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko'payadi. Bu esa muskul tolalarining yo'g'onlashuviga va ular mustahkam bo'lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat, mustahkam bo'lishi, o'z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ulaning mustahkam bo'lishiga imkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug'ullansa, tayanch harakatlanish sistemasining o'sishi, rivojlanishi, shakllanishi yaxshi bo'ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim organ va sistemalari (o'pka, yurak, qon tomir, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak, nervlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamli va chiniqqan bo'ladi. Ma'lumki, bunday kishilar kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko'radi. Mashhur fiziolog I. P. Pavlov 87 yil umr ko'rgan. U juda ishchan, sog'lom, o'tkir zehnli, harakatchan, tetik odam bo'lgan, chunki u muntazam ravishda jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullangan. U jismoniy mehnatning ahamiyati haqida: «Men butun umrim bo'yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto ortiqroq sevaman» deb yozgan edi.
Jismoniy mashqlarni odam organimiga tasiri
Xulosa
Bilamizki odamlar doimo harakatda bo’ladi. Odamlarning bu harakatida esa suyak va mushaklar beixtiyor ishtirok etadi. Tanamizda 200 dan ortiq suyak va 600 dan ko’proq mushkaklar bor bo’lsada lekin ularning vazifalari turlichadir. Biz shu mushak va suyaklarimizni yaxshi ishlashi uchun doimo yaxshi va vaqtida ovqatlanishimiz va albatta sport bilan shug’ullanishimiz lozim bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Wikipediya
Abdig’affor Gadayev, Utkur Mirsharapov – Odam anatomiyasi
A.Ahmedov, O’.Mirsharapov, T.Sagatov, H.rasulov – Anatomiya 1-jild
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling