Braximorf – o’rta yoki past bo’y, qisqa bo’yin, bosh o’lchamlarining kattaligi, kalta oyoq va qo’llar, keng ko’krak qafasi, teri osti yog’ qatlami yig’ilishiga moyilligi bilan xarakterlanadi.
Deniker ma’lumotiga ko’ra , erkak kishining o’ziga xos normal bo’yi 135 dan 190 gacha , ba’zan bundan uzun odamlar ham uchraydi , ularning bo’yi hatto 2,7 m gacha yetadi. Ammo yer sharining hamma qit’alidagi o’rta bo’yli odamlarning bo’yi orta hisobda 146-175 sm bo’ladi.
Odam gavdasining alohida bo’laklari uzunligi haqida to’xtalganda , ularning bir-biriga munosabatlarini e’tiborga olish zarur. Biroq k’p vaqtlardan buyon rassomlar , antropologlar odam gavdasidagi alohida bo’laklarning o’zaro munosabatini aniqlashda alohida me’zonlardan foydalanib keladilar. Organizm alohida bo’laklarining katta-kichikligi odamda gavdaning umumiy uzunligiga nisbatan foiz hisobi bilan belgilanadi. Gavda qismlarining ba’zi bir muhim o’lchamlari 29 yoshagi 170 sm uzunlikdagi sog’om erkakni o’lchab quyidagi jadvalda berilgan. Bu jadvalda keltirilgan ma’lumotlar faqat bitta odamga taalluqli bo’lsa ham , katta odam gavdasi alohida qismlarning o’zaro munosabatlarini yetarlicha ravshan ko’rsata oladi.
Odam tayanch harakatlanish sistemasi
Odam tanasining harakatlari ma’lum muskullar guruhining ishlashi natijasida bajariladi. Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari, ya’ni motoneyronlarning har biri o'z tolalari orqali o’nlab va yuzlab muskul tolalari bilan tutashadi. Nerv tolasi muskul tolasi bilan tutashadigan joyda yupqa pardadan iborat maxsus plastinkalar bo'lib, ular sinaps deb ataladi. Motoneyron, uning tolasi va u tutashgan muskul tolasi birgalikda muskul-nerv harakat birligini hosil qiladi. Motoneyron qo'zg'alganda uning tolasi uchidan kimyoviy moddalar (atsetilxolin, adrenalin) ajralib, sinaps bo’shlig'iga o'tadi. Ular muskul tolasiga ta' sir etib, uni qo'zg'atadi, natijada muskul qisqaradi. Qisqargan muskul harakatlanadi va ish bajaradi. Skelet muskullarining ishi ikki xii bo'ladi: statik va dinamik.
Do'stlaringiz bilan baham: |