Anatomiya fanidan mustaqil ish


Download 1.37 Mb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1051740
1   2   3   4
Bog'liq
Anatomiya fanidan mustaqil ish

Biomexanikaning asosiy vazifasi harakatning kinematik tasnifiga binoan taʼsir kuchi xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Bu harakatlanish samaradorligini, tashqi va muskul kuchlaridan foydalanish darajasini baholashga hamda harakatlanish koordinatsiyasi va uni boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tananing holati (tik turish, oʻtirish va boshqalar)ni oʻrganish ham biomexanika vazifalariga kiradi. Bunday vazifalarni hal etish fiziologiya, tana holati va muvozanati toʻgrisidagi taʼlimot bilan bogʻliq.

Biomexanika tadqiqotlari tarixi Italiya olimi Leonardo da Vinchining odam harakatlarini anatomiya va mexanika nuktai nazaridan tekshirish bilan boshlanadi. Italiya naturalisti J. Borellining "Hayvonlar harakati haqida" (1680—1681) kitobida organizmga mashina sifatida nazar tashlab, nafas olish, qonning harakatlanishi va muskul qisqarishini mexanika nuktai nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. Bu biomexanikaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Odam gavdasining tuzilishi

Odam gavdasi tabiat va malum bir jamiyat tuzilishining tasirida avlodidan orttirgan asosiy negiz xususiyatlari asosida rivojlanadi. Odam gavdasining tuzilishi ichki a’zolari ko’rinishiga ham ta’sir etadi. Odam gavdasining shakllari jinsga , yoshga , irqqa , naslga , tashqi muhitga qarab aniqlanadi va organizm konstitutsiyasi turlarini bildiradi. Lekin buning uchun organizm morfologiyasi va fiziologiyasi to’g’risida dalillardan tashqari, gavdaning va uning alohida bo’laklarining hajmlarini ham e’tiborga olish lozim . Bunda gavdaning tikka turgan holatdagi uzunligi (bo’yi) asosiy o’rin tutadi.

Tana tuzilishi deganda uning shakli, alohida qismlarining bir biriga mutanosib va to’g’ri tuzilishi tushuniladi. Tibbiyot otasi Gippokrat davridan tana tuzilishining 3 xil shakli farqlanadi.

Dolixomorf – yuqori bo’y uzunligi, skelet, mushak va yog’ qatlamining sust rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.

Mezomorf – o’rtacha bo’y, skelet hamda mushaklarning yaxshi rivojlanganligi, tana oyoq hamda qo’llar va boshning o’zaro mutanosibligi, teri osti yog’ qatlamining sust rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling