yuqori kovak venani hosil qiladi, gavdaning qolgan barcha qismlar-
idagi venalar pastki kovak venaga kelib qo‘shiladi. Eng yo‘g‘on
ana shu ikki vena yurakning o‘ng bo‘lmasiga kirib boradi. Yurak
devorlaridagi qon keltiruvchi toj venalar ham yurak ning ana shu
bo‘lmasiga kelib qo‘shiladi.
Qon aylanish sistemasining chap qorinchadan aorta bilan bosh-
lanib, o‘ng bo‘lmaga borib kiradigan kovak venalar bilan tamom-
lanuvchi qismi katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Butun gavda
hujayralari shu doira kapillyarlari
orqali kislorod va oziq moddalar
olib, karbonat angidrid va shu hujayralarda hosil bo‘ladigan par-
chalanish mahsulotlarini chiqarib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |