Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

ay lanish doirasi deb ataladi. Limfa ham qon kabi to‘xtovsiz ha-

rakatlanib turadi. Bu harakat limfatik kapillyarlarda boshlanadi. 

Bu kapillyarlar qon kapillyarlariga o‘xshaydi, ammo ularning bir 

uchi berk bo‘lib, hech qanday tomir bilan tutashmaydi. Kapil-

lyarning berk uchlari hujayralararo bo‘shliqlardan boshlanadi, bu 

joyda to‘qima suyuqligi hosil bo‘lib, limfaga aylanadi.

57

Limfatik kapillyarlar limfatik tomirlarga aylanadi, limfatik 



tomirlar tuzilishi jihatidan venalarga o‘xshaydi, ammo devori yupqa 

bo‘ladi. Eng mayda limfatik tomirlar kapillyarlardan yo‘g‘onroq 

bo‘ladi. Ular bir-biri bilan qo‘shilib tobora yiriklashadi va diame-

tri bir necha milli metr bo‘lgan ikkita tarmoq hosil qiladi, bu tar-

moqlar ko‘krak bo‘shlig‘ining yuqori qismidagi katta qon aylanish 

doirasi venalariga kelib qo‘shiladi. To‘qima suyuqligi hujayralar-

dan limfatik sistema orqali oqib chiqadi.Butun limfatik sisteman-

ing boshidan oxirigacha ko‘pdan-ko‘p limfatik tugunlar joylashgan 

bo‘ladi, oq qon tanachalari ana shu tugunlarda ko‘payadi. Undan 

tashqari, bu tugunlar

 

organizmga kirib qolgan bakteriyalarning tar-



qalishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Yurak ko‘krak bo‘shlig‘ida joylashgan. Yurak konus shaklida 

bo‘lib, uning asosi birinchi va ikkinchi qovurg‘alar oralig‘ining, 

uchi esa to‘rtinchi va beshinchi qovurg‘alar oralig‘ining ro‘parasida 

turadi. Yurak tashqi  tomondan biriktiruvchi to‘qima pardasi bi-

lan o‘ralgan. Yurak devori ko‘ndalang-targ‘il muskuldan tuzilgan, 

yurak bo‘lmalarining muskul devori yupqaroq bo‘lib, chap qorincha 

devori o‘ng qorinchanikiga qaraganda qalinroqdir. Yurak bo‘lmasi 

bilan yurak qorinchasi 

tavaqali klapan

 bilan tutashib turadi. Klapan-

lar yupqa, ammo cho‘zilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan pishiq 

pardadir. Tavaqalar chetidan qorinchalarning ichki yuzasiga borib 

birikadigan pay iplar chiqadi. Yurakda tavaqali klapanlardan tashqa-

ri,


 yarim oysimon

 klapanlar ham bor. Ular chap qorincha bilan aorta 

va ung qorincha bilan o‘pka arteriyasi chegaralarida joylashgan. 


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling