Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

Nazorat savollari

1. Qonning tarkibi bilan limfannng tarkibi qanday; bu suyuqliklar 

nima uchun organizmning ichki muhiti deb ataladi?

2. Qonning ivishi qanday sodir bo‘ladi va uning ahamiyati nimada; 

ketayotgan qonni qanday to‘xtatish mumkin? 

3.Qizil qon va oq qon tanachalari qanday tuzilgan va ular qayerda 

hosil bo‘ladi?



58

V bob. NAFAS OLISH ORGANLARI 

Nafas olish organlarining ahamiyati.

 Organizmning hayot 

faoliyatida doimo energiya sarf bo‘lib turadi, bu energiya organ-

larning ishlashiga  va gavdaning isishiga sarflanadi. Energiya oq-

sil, yog‘ va uglevodlarning parchalanishi vaqtida hosil bo‘ladi. Bu 

moddalar oksidlanish vaqtida parchalanadi, oksidlanishda esa or-

ganik moddalarning

 

murakkab molekulalari kislorodni biriktirib 

oladi va parcha lanadi.  

Organizm uchun zarur bo‘lgan kislorod tashqi muhitdan nafas 

olish organlariga kiradi, qon bu kislorodni nafas olish organlaridan 

hujayralarga yetkazib beradi. Hujayralardagi moddalar parchalan-

ganda karbonat angidrid hosil bo‘ladi, qon

 

bu karbonat angidridni 



olib ketadi va u, asosan, o‘pka orqali atmosfera havosiga chiqarib 

yuboriladi (16-rasm). 

Nafas olish organlari sistemasiga burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, 

traxeya, bronxlar va o‘pka kiradi. Havo hiqildoqqa burun yoki



 

og‘iz bo‘shlig‘i va halqum orqali kiradi. Burun bushlig‘i o‘ng 

va chap qismdan iborat (17-rasm). Ularning har biri tor burun 

yo‘llariga bo‘linadi, bu yo‘llarning ichki yuzasi epiteliy bilan qo-

plangan bo‘ladi. Epi 

teliy tukchalari atmosfera havosida hamma 

vaqt bo‘ladigan changni tutib qoladi va o‘z harakati bilan tashqa-

riga chiqarib yuboradi. Burun yo‘llarining ichki yuzasida qon 

tomirlari juda ko‘p. Bu tomirlardan oquvchi qon nafas olinayot-

ganda kirgan havoni ilitadi. Burun bo‘shlig‘ining bezlari shilim-

shiq modda  ishlab chiqaradi, bu modda burunga kirgan havodagi 

bakteriyalarning hayot faoliyatini susaytirib yuboradi. Bu hol or-

ganizmga infeksiya kirish xavfin kamaytiradi. Gripp bo‘lganda 

shilimshiq moddaning ko‘p chiqishi havo bi 

lan kirgan bakteri-

yalarga qarshi himoyaviy reaksiyadir.



Hiqildoq.

 Havo burun bo‘shlig‘idan



 halqumga o‘

tadi, halqum -

dan  nafas olish sistemasining muhim

 

qismi hiqildoq boshlanadi. 

Hiqildoq bo‘yinning oxirgi umurtqalari ro‘parasida joylashadi. 

59


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling