Nerv sistemasining periferik qismi
orqa miya nervlari, bosh miya nervlaridan tashkil topgan.
Orqa
miya nervlari orqa miyadan chiqib, tana, bo‘yin va qo‘l-oyoq-
larda tarmoqlanadi. Bu nerv lar aralash nervlardir: ular markazga
intiluvchi va markaz
dan chiquvchi tolalardan iborat. Markazga
intiluvchi tolalar orqali retseptorlardan orqa miyaga qo‘zg‘alish
keladi, markazdan chiquvchi tolalar orqali esa qo‘zg‘alish orqa
miyadan har xil organlarga o‘tkaziladi.
67
20-rasm. Orqa miyaning tuzilishi.
ORQA MIYA
Orqa miya umurtqa kanaliga joylashgan bo‘ladi, orqa miya-
ning yuqorigi uchi bosh miyaga tutashadi. Uning pastki uchi esa
1-2-bel umurtqasi ro‘parasida tamomlanadi. Bo‘yin umurtqalari
va pastki ko‘krak umurtqalari atrofida orqa miya yo‘g‘onlashadi:
shu yerda undan qo‘l-oyoqlarga juda yirik nervlar tarmoqlanib
chiqadi. Orqa miyaning old va orqa qismidan bo‘ylama egatlar
ketadi, markazdan esa orqa miya kanali o‘tadi, bu kanal limfaga
o‘xshash suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi.
Orqa miya kanali atrofida kul rang modda joylashgan. Miya
ko‘ndalangiga kesilganda bu modda kapalak yoki N harfi shak-
lida bo‘ladi. Kul rang modda uzun neyron o‘simtalaridan ibo-
rat oq modda bilan o‘ralgan. Neyron o‘simtalaridagi qo‘zg‘alish
o‘tkazuvchi yo‘llarni hosil qiladi, bu yo‘llar orqa miya nerv
markazlarini bir-biri bilan va bosh miya nerv markazlari bilan
tutashtiradi. Orqa miyadan 31 juft nerv tarmoqlanib chiqadi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |