Anatomiya yangi indd


Orqa miyaning funksiyalari


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

Orqa miyaning funksiyalari. Har xil tajriba va kuzatishlar orqa 

miyada harakatlantiruvchi refleks markazlari borligini ko‘rsatadi. 

Bosh miyasi olib tashlangan baqa ancha murakkab harakatlar qila 

oladi. Bunday baqani pastki jag‘idan osib qo‘yib, tanasining o‘ng 

tomoniga kislota bilan ho‘llangan qog‘oz yopishtiramiz. Bun-

da orqa o‘ng oyog‘ining muskullari qisqaradi, baqaning oyog‘i 

ko‘tariladi va qog‘ozni o‘sha oyog‘i panjasi bilan olib tashlaydi. 

Baqaning shu oyog‘ini qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yamiz. 

Baqa qog‘ozni chap oyog‘i bilan olib tashlaydi, chunki qo‘zg‘alish 

miyaning o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tadi. Biroq, hayvon 

o‘z tuzilishi jihatidan qanchalik yuksak bo‘lsa, uning harakatla-

rida bosh miya shunchalik katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Odamda 

ayrim hollarda jarohatlanish natijasida orqa miya bilan bosh miya 

orasidagi aloqa uzilib qoladi. Bunday odamda oddiy reflekslar 

ro‘y bergan, ammo murakkab harakatlar mutlaqo bo‘lmaydi. 

Orqa miya qon tomirlarining kengayish-torayishiga, ter bezlarining 



faoliyatiga va organizmning boshqa ko‘plab funksiyalariga ta’sir 

etadi. Orqa miyaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha reak-

siyalar shartsiz reflekslardir. Shartsiz reflekslar irsiy bo‘lib, ular 

bola tug‘ilgandan keyinoq, shu reaksiyalarni vujudga keltiradigan 

sabab ta’sir etsa, darhol namoyon bo‘ladi.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling