16-rasm. O‘pkaning umumiy
ko‘rinishi.
17-rasm.Burun bo‘shlig‘ining
ko‘rinishi.
Hiqildoq tarkibiga bir necha tog‘ay kiradi. Tog‘aylar bo‘g‘im va
paylar yordamida bir-biri bilan birikadi, ularni ko‘ndalang-targ‘il
muskullar harakatga keltiradi.
Hiqildoq bo‘shlig‘ining eng tor joyi yon devorlarida shilimshiq
parda bir juft burma hosil qiladi, bu burmalar orasida elastik ovoz
paylari bor. Hiqildoq muskullari qisqarganda ovoz paylari tarang
tortiladi, nafas olinganda kirgan havo bu paylarni tebranma hara-
katga keltiradi, bu vaqtda ovoz chiqadi. Havo hiqildoqdan o‘tib,
traxeyaga keladi. Uning uzunligi 10-12 sm keladi. Traxeya 18-20
dona ustma-ust joylashgan yarim halqasimon tog‘aylardan tash-
kil topgan. Traxeyaningpastki uchi ikkita bronxlarga shoxlanadi.
Bu bronxlardan biri o‘ng o‘pkaga, ikkinchisi chap o‘pkaga kirib
tarmoqlanadi. Yirik bronxlar devorida tog‘ay halqalar bor, mayda
bronxlar devorida esa bunday halqalar bo‘lmaydi, ular muskul xalqa
qavati bilan o‘ralgan. Juda mayda bronxlar o‘pka pufakchalari bi-
lan tamomlanadi, ularning yupqa devorlarida qon kapillyarlaridan
ibo rat qalin to‘r bilan qoplangan bo‘rtmalar – katakchalar bo‘ladi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |